Xizmat safari haqida (Komandirovochnыy)

Assalomu alaykum rahmatullohu va barokotuh Hazrat!Sizni kirib kelgan muborak Ramazon oyi bilan tabriklayman. Allohim Sizni o‘z panohida asrasin, barcha musulmonlar baxtiga sog‘-omon bo‘lib yuring. Ustoz ish joydan ko‘pincha xizmat safari(komandirovochnыy)ga chiqamiz. Xodimlar xizmat safari mobaynida turli xil ishlar bilan turli joylarga borishga to‘g‘ri keladi va bu holatda ishlatiladigan pul xodimning qaysi transportda yurishiga bog‘liq, agar xodim xizmat safari uchun o‘ziga ajratiladigan pulni ekonom qilmoqchi bo‘lsa avtobusda yoki metroda yurishi mumkin. Va bunda pulni ekonom qilib qoladi. Mana shu ekonom qilib qolingan pulni xodim o‘ziga olib qolsa bo‘ladimi yoki ekonom qilib qolgan summani korxonaga qaytarish kerakmi? 2 holat. Agar xodim xizmat safariga qancha pul ketishini aniq bilsa va bilib turib korxonadan o‘sha ketadigan puldan ko‘p miqdorni olsa bo‘ladimi (bunda korxona xodimning qancha pul ketkizishini bilolmaydi, lekin kunlik limit bor)? Ustoz men bir necha marta xizmat safarida bo‘lganman va korxonadan ishlatganimdan ko‘ra ko‘proq pul olganman. Bu kabi holatni boshliqlarning o‘zi ham bilishadi va bunga ko‘z yumishadi. Chunki shunaqa qilishmasa xodimlar ham bu kabi xizmat safarlariga chiqmay qo‘yishadi. Ustoz men mana shu xizmat safarlardan ekonom qilib qolgan pullarimni aniq bilmiyman, endi bu pullar menga harommi yoki halol? Harom bo‘lsa bu pullarni chamasini olib o‘ta kambag‘al odamga berishim to‘g‘ri bo‘ladimi yoki korxonaga qaytarishim kerakmi? Savolim cho‘zilib ketgani uchun uzr so‘rayman!Assalomu alaykum rahmatullohu va barokotuh!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hammasi pul egasining roziligiga bog‘liq.

27 Май 2022, 01:05 | Савол-жавоблар | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar