"Ra’d" surasi

Assalomu alaykum!Meni bir savolim bor edi.Savolim: Men bir Qur‘oni Karim tafsirida (Ra‘d surasi 39 oyat)-"O‘zi hohlagan narsani (ya‘ni hukmni) o‘chirur va (O‘zi hohlagan hukmni) qoldiradi. Ona Kitob (Lavhul-Mahfuz) Uning huzuridadir".deb o‘qidim. Bundan biz Alloh Taolo Lavhul Mahfuzga yozib qo‘ygan narsasini o‘zgartirishi mumkinligini tushunishimiz kerakmi?Savoldagi xato kamchiliklar uchun uzr so‘rayman.Alloh sizdan va bizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo istaganini qiladi. U zotning istagini chegaralaydigan zot yo‘q. Alloh O‘zi xohlagan narsani mahv qilur va sobit qoldirur. Ona kitob Uning huzuridadir.Ha, Alloh taolo dunyodagi narsalardan nimani foydasiz yoki muddati bitdi, deb topsa, mahv etadi, yo‘qotadi. Nimani foydali deb topsa, tursin desa, sobit qiladi, qoldiradi. Bularning hammasi va boshqa narsalar yozilgan ona kitob Allohning huzuridadir.

27 Май 2022, 01:08 | Савол-жавоблар | 171 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar