Tajvidsiz uqiladigan juma namozi

assalamu alaykum hurmatli Ustoz, Mening ishhonam men yashaydigan shahardan tahminan 18 km uzoqlikdagi boshqa bir shaharda joylashgan. Bu shaharda namoz uqigani masjid yuq, juma kunlari esa juma namozi uchun bizga atiga 1 soatgina ajratilgan.shuning uchun ishhonamizga eng yaqin tahminan 8 km lar uzoqlikda joylashgan boshqa bir shaharga juma uqigani boramiz (men va brodarim). Afsuslar bulsinki u erdagi musulmon jamoatining tarqoqligi sababli ularning na masjidi va na imomi bor. Ular kichikroq bir binoni juma kunlari juma namozi uqish maqsadida ijaraga olishadi va kimni imkoni bulsa usha imomlik qiladi. Imomlik qiladiganlarning aksarini ilmi yuq, eng achinarlisi esa ulardan 90 foizi Quronni tajvidsiz qiroat qiladilar (qolgan 10 foizi tajvid bilan tilovat qilsada deyarlik imomlik qilmay quyganlar yoki bu joylardan kuchib ketganlar). Juma hutbasi ham mahalliy aholi tilidagi musulmonlar haqqiga qilingan duolar bilan yoki usha kungi mavzu bilan cheklashadi, musulmonlarni yahshilikka chaqirib yomonlikdan qaytarishga undaydigan na bir oyat va na bir hadis keltiradilar. Tashkili ishlarga mas‘ul bulgan musulmon brodarlarga jamoatga tajvidsiz Quron tilovat qilib juma nomizini uqib berish gunohligini eslatib yuqoridagi holat buyicha shikoyat qildik, natija esa o‘sha-o‘sha. Alhamdulillah biz tajvid ilmidan tahsil olganmiz, lekin mahalliy aholi tilida mav‘iza qilgani ilmimiz yuq,shuning uchun biz imomlik qila olmaymiz. Savolim, bunday holatda nima qilgan afzal? Rahmat assalamu alaykum
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ularga tushuntirib, sizlar imomlikka o‘tinglar. Mavi’zani ular qilishsin.

27 Май 2022, 01:16 | Савол-жавоблар | 160 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar