Azon Dasturi
Shayx Hazratlari, e‘tiboringizga navbatdagi savolimni havola qilishlikka ijozat bergaysiz, Koreyada istiqomat qilamiz. Biz yashaydigan shaharda birgina masjid bo‘lib, u ham uyimizdan ancha uzoqda bo‘lgani sababli Jum‘ua, Iydlardan tashqari namozlarimizniko‘pincha o‘zimiz, uyda, goh ish joylarida ado etamiz. Yonimda yuradigan jihozda azon dasturi sozlangan bo‘lib kunlik namoz vaqtlaridan bizni bohabar qilib turadi.Mazkur dasturda Shofe‘i hamda Hanafiy uslubiy hisoblashning 2 hil turi mavjud bo‘lib, ular orasida faqatgina Asrning kirish vaqti turlicha, ya‘ni Shofe‘iy uslubida soat 16:19 da kirsa, Hanafiysida kechroq, soat 17:34, biz Hanafiy mazhabidaligimizni inobatga olgan holda mazkur hisoblash uslubiga ko‘ra namozlarimizni ado etishda davom etaversak bo‘ladimi?InshaAlloh, berajak javobingiz va qimmatli vaqtingizni ayamaganingiz uchun Sizga oldindan rahmat aytamiz, Alloh sizni munosib mukofotlasin, Omiyn!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bo‘ladi.
27 Май 2022, 01:16 | Савол-жавоблар | 158 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bo‘ladi.
27 Май 2022, 01:16 | Савол-жавоблар | 158 | Namoz