birodarimmiz Otasiga ok buladimi?

Assalomu alaykum muxtaram Shayx Xazratlari. Bir birodarimmizni savoli bilan sizga murojaat kilmokchimiz, birodarimmiz nima kilishga xayron, erdamingiz kerek, kimmatli vaktingizni olganimiz uchun oldindan uzr suraymiz.Savol ; Savol soxibini Ota-Onalari ajrashgan ekan. Ularni 3-ta farzandlari bor ekan, 3-tasixam ugil. Kattasi bilan urtanchasi Otasi bilan kolgan va kichkina ugil Onasi bilan xozir Togasini uyida yashaetgan ekan.Savolni urtancha ugil berayapti. Onasini xolati moddiy tomondan ancha kiyin va onasi bilan kolgan kichik ugilni kasaldan boshi chikmas ekan. Katta farzandlari Onasini kiynaletganini kurib erdam bermokchi bulsa, Otasini jaxli chikar ekan.Otasi umuman onasi bilan gaplashtirmas ekan. Shu savolni bergan urtancha ugil Onasiga achinib erdam bermokchi, xali kichkina ukasini uylantirish kerak va modiy tomonlama juda ayanchli xolatda va unga erdam bermasa iloji ekligini bildiryapti.Birodarimmiz Otasi ruxsat bermasaxam Onasiga erdam bergani Onasini oldiga ketsa va Otasi uni ok kilsa U bola Otasiga ok buladimi? Iltimos Xazrat shu bolaga yul kursating. Javoblaringiz uchun oldindan katta raxmat Allox sizdan rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘g‘illarning barchasining nafaqasi otaga lozim bo‘ladi. Bu ishlarni ota qilish kerak. Ota qilmasa, akalar qiladi. Bolalar ajrashgan onaga yaxshilik qilishlari vojib. Otaning bundan qaytarishga haqi yo‘q. Bu shar’iy hukmlarni mazkur otaga anglatish kerak.

27 Май 2022, 01:36 | Савол-жавоблар | 178 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar