Oqpadarlik
Sizga ming istihola bilan yozmoqdaman. Otam mani o‘z opasining nevarasiga uylantirgan. Qarindoshlar kelisholmay oxiri bizni ajratmoqchi bo‘lishdi. Man norozilik bildirgandim. Mani oq qildilar. Endi manga ajr jazo masalasi qanaqa? Manga aytishdiki, endi do‘zaxi bo‘lding. Endi ne xayrli amal qilmagilki, hisobga olinmas, to otang rozi bo‘lmaguncha. Hozir otam bilan gaplashib turaman. Lekin avf etmayaptilar. Nima qilsam bo‘ladi? Abadiy do‘zaximanmi? Ma’mur
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz to‘g‘ri ish qilgansiz. Otangizning ishi noto‘g‘ri. Xotini bilan ajrashish ota-onaga yaxshilik qilish doirasiga kirmaydi. Ota-ona bolasiga oilangni buz deyishga haqqi yo‘q.Allohning amriga, dinning ta’limotiga qaralsa, ota-onaning haqqi juda ham ulug‘. Bu haqiyqatni har bir musulmon, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, yaxshi biladi, shu bilan birga, ota-onaning haqqini qo‘ldan kelganicha ado etishga harakat qiladi.Ammo, dunyodagi barcha maxluqotlarga oid narsalarning chegarasi bo‘lgani kabi, ota-ona haqqining ham chegarasi bor. Bandaning Allohning amriga zid bo‘lgan xohishi rad qilinadi. Xoliqqa ma’siyat bo‘ladigan narsada maxluqqa itoat qilinmaydi.Islom ta’limotida, iloji boricha, oilani mustahkamlashga amr qilingan. Boshqa birovning – agar o‘sha birov ota-ona bo‘lsa ham – xohishiga binoan oilani buzishga ruxsat yo‘q. Bu haqiyqatni barcha ulamolar o‘zlarining qadimgi va yangi kitoblarida ta’kidlaganlar.Muhammad ibn Muflih ibn Muhammad Maqdisiyning «Al-odobush-shar’iyya» nomli kitobida bu ma’noda alohida fasl bor. Unda jumladan, quyidagilar aytiladi:«Fasl: Xotinini taloq qilishda ota-onaga itoat qilish vojib bo‘lmaydi. Agar otasi unga xotinini taloq qilishni amr qilsa, ijobat qilmaydi. Buni ashoblarimizning ko‘pchiligi zikr qilgan». Shayx Taqiyuddiyn onasi xotinini taloq qilishga amr qilgan kishi haqida: «Uning uchun xotinini taloq qilish halol bo‘lmaydi. U onasiga yaxshilik qilaveradi. Xotinini taloq qilish onasiga yaxshilik qilishdan emas», – degan.Muoviya ibn Rayyondan rivoyat qilinadi:«U bir kishining Atodan savol so‘raganini eshitdi: u kishining onasi va xotini bo‘lib, onasi xotinini taloq qilishidan boshqa ishga rozi emas ekan. Shunda u:«Onasi haqida Allohga taqvo qilsin va unga silai rahm qilaversin», – dedi. «Xotinini qo‘yib yuboradimi?» – dedi. «Yo‘q», – dedi Ato. Shunda haligi odam: «Onasi shundan boshqaga rozi bo‘lmayapti», – dedi.«Uni Alloh rozi qilmasin! Xotini qo‘lida. Taloq qilsa ham tanglik yo‘q, tutib qolsa ham tanglik yo‘q», – dedi».Husayn Marvaziy rivoyat qilgan.Demak, bu erdagi gaplar ham ushbu bobning mazmunidan kelib chiqadi. Ota-ona Allohning g‘azabini keltiradigan narsani buyursa, qilmaslik kerak bo‘ladi. Taloq xuddi shunday narsa. Agar taloq tushsa, Rohmanning Arshi larzaga keladi, deyiladi. Shuning uchun bu rivoyat ona bolasidan xotinini taloq qilishni qattiq talab qilsa ham, unga ruxsat yo‘qligining dalili sifatida keltirildi.Humayddan rivoyat qilinadi:«Hasanga:«Bir kishini onasi xotinini taloq qilishga amr etdi?» – deyildi. Shunda Hasan:«Taloq onaga yaxshilik qilish ishlaridan emas», – dedi».Husayn Marvaziy rivoyat qilgan.Odamlar tarafidan Hasan Basriy rohmatullohi alayhiga: «Bir odamning onasi: «Xotiningni taloq qilasan», deb turib olsa, nima qiladi?» deyilgan ekan. Hasan Basriy rohmatullohi alayhi aytibdilarki, xotinini taloq qilish onaga yaxshilik bo‘ladigan, ya’ni onaning xursandchiligi uchun qilinadigan ishlardan emas. Bu esa, onasi «Xotiningni taloq qilasan», deb turib olsa, taloq qilish kerak emas, onasining bu talabi noto‘g‘ri talab, noshar’iy talab. Uni qilmasa, bolasi gunohkor bo‘lmaydi, deganidir.«Bir kishi Imom Ahmaddan:«Otam xotinimni taloq qilishimga buyurmoqda?» – deb so‘radi.«Uni taloq qilma!» – dedilar.«Umar roziyallohu anhu o‘g‘li Abdullohga xotinini taloq qilishga amr qilgan emasmi?» – dedi u.«Otang Umar roziyallohu anhudek bo‘lganda, sen ham qilasan», – dedilar Ahmad ibn Hanbal.Ya’ni, «Otang Umarga o‘xshab, haq va adolatni, havoyi nafsga ergashmaslikni biladigan darajaga etmaguncha xotiningni taloq qilmay tur», deyilmoqda. («Mavsu’a Fiqhiyya». 8-juz, 71-72-betlar)Xuddi shu ma’nodagi gap qizini majburlab, ajratib olishga urinadigan ota-onalar haqida ham aytiladi.Shariatning hukmi shu bo‘lganidan keyin ota-onalar insof qilishlari va o‘z farzandlarining oilasini buzishni o‘zlariga ep ko‘rmasliklari lozim.
27 Май 2022, 01:44 | Савол-жавоблар | 159 | Aqiyda