ismda bir xil bulgan xarflar

Assalomu aleykum, kori aka bermokchi bulgan savol kuyidagicha.Arab tili imlosida ismda bir xil bulgan xariflarni bir biridan ajratib turadigan boshkacha ismlari xam bormi?Masalan 4 xil ,, Z ‘‘ xarfini. Shunga uxshash boshka xariflarda xam. Bu savolni berishimdan maksad, biz til uchida ukiladigan ,,zol" xarfini sakov ,,Z"deb aytamiz shu tugrimi yoki boshkacha aytiladimi? Savolim notugri bulsa uzir surayman. Allox (j/j) rozi bulsin! Assalomu aleykum va romatulloxu va barokatux.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom.Arab harflarining hech birining nomi boshqasida takrorlanmaydi, har bir harfning o‘z nomi bor, xuddi ingliz va rus tillarida bo‘lgani kabi. Bizda ularni o‘z nomlari bilan atamaslik natijasida siz aytgan tushuncha kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Misol uchun, siz aytgan to‘rtta "z"ning har biri o‘ziga xos nomga ega: Za, Zal, Zo, Zod (yoki Dod). Arab harflarini o‘z nomlari bilan yuritgan kishi uchun qo‘shimcha ism qo‘yishga hojat bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

27 Май 2022, 01:53 | Савол-жавоблар | 157 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar