Haj ibodati haqida
Shayx hazratlari, Alloh sizni biz musulmonlarni islom ziyosi ila ma‘rifatlantirish yo‘lida qilayotgan ulkan ishlaringiz uchun O‘z dargohidan cheksiz ajru-savoblar ato etish ila mukofotlasin, inshaalloh. Shu asnoda sizga ushbu hizmatlaringiz uchun tashakkurlar aytgan holda bir savol ila murojaat etishga ijozat bergaysiz: Hazrat, sizning "Hadis va Hayot" asaringizni 10-juzini o‘qishim jarayonida menda bir savol paydo bo‘ldi. Ushbu savolning mazmunini quyida bayon etishga ijozat bergaysiz: Qarz olib yoki uy joyini sotib yoki minib turgan mashinasini sotib haj qilgan insonning qilgan hajining hukmi qanday ? Buni so’rashimdan maqsad shunday yo’l ila haj qilgan insonlarning guvohi bo’lmoqdaman. Javobingiz uchun oldindan tashakkur. Alloh ilmingizni yanada ziyoda va martabangizni O‘z huzurida yanada ulug‘ qilsin. Allohim qilayotgan hayrli ishlaringizni yanada barakotli va bardavom aylasin. Qimmatli vaqtingizni olganim uchun rozi bo‘lgaysiz. Alloh sizni va oila a‘zolaringizni hamisha O‘z panohida asrasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Haj boy odamga farz. Qarz olib hajga borishga hech kim ruxsat bermagan. Shuningdek, o‘ziga va oilasiga kerak narsani sotib hajga borish hech kimga farz qilinmagan. Bu kabi ishlarni qilgan odamlar noto‘g‘ri qilgan bo‘ladilar. Shu bilan birga hajlari ham maburur haj bo‘lmaydi. Ya’ni, nuqsonli haj bo‘ladi.
27 Май 2022, 01:58 | Савол-жавоблар | 175 | Haj va umra