Basmalani kushish

Assalomu alaykum va raxmatullox Xasanxon kori,ustoz.Munavvar korini Tajvid ul-Kur’on kitoblarida,Kur’oni Karimni 11 ta surasiga Bismillaaxir-roxmaanir-roxiimi ni oxiridagi mimi sura boshidagi sukunlik xarfga kushib ukiladi deyilgan.Shu 11 ta surani ichida Fotixa surasi xam bor.Mening savolim shuki,namozda Fotixa surasini ukishdan oldin,bizni xanafiy mazxabida Basmala ichida aytiladi.Shuning uchun tabiyki uni fotixaga kushib ukilmaydi,ya’ni masalan Bismallaaxir-roxmaanir-roxiimil-xamdu lillaaxi Robbil-aalamiinar-roxmaniir-roxiimi,maaliki yavmidiiiin deb atilmaydi.Balki ichida Basmala aloxida aytiladi,keyin ovoz chikarib Alxumdu ni kiroat kiladi.Ammo kiroati maxfiy ukiladigan namozlarda eki jaxriy namozlarni uchinchi va turtinchi rakaatlarida Basamala ni mimi Alxamdu ga kushib ukiladimi eki aloxida kiroat kilinadimi?Javoblar uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Tavba surasidan boshqa barcha suralarning avvalida basmala aytish lozimligi va uni sura avvaliga qo‘shib o‘qish ham, qo‘shmay o‘qish ham mumkinligi barcha tajvid va qiroatga doir kitoblarda ta‘kidlanadi. Shuningdek, basmalani vasliya hamza bilan boshlangan suralarga qo‘shilganda vasliya hamza tushib qolishi ham alohida eslatiladi. Jumladan, Foriha surasiga basmalani qo‘shib o‘qiladigan bo‘lsa, vasliya hamza harakati bilan birga tushib qolishi ham aytiladi. Bu ma‘lum va mashhur gap. Birinchi ustozimiz otamiz rahmatli bizga Fotiha surasini o‘qitganlarida ana shunday ikki xil tarzda o‘qitganlarini ham eslayman. Mubin qori akaning qiroatlariga kelsak, u kishining qiroatlarini biz o‘zimiz kassetadan raqamli jihozga olib, saytga qo‘yganmiz. U kishi bizga katta ustoz bo‘ladilar. U kishi ham Fotiha va boshqa suralarni yuqorida aytilgandek ikki suratda o‘rgatganlar. Endi asosiy masalaga kelsak, men Munavvar qori r.a.ning kitobidagi ikki nuqtani nazarda tutgan edim: 1. "Javob:ﺍﻟﺮﺣﻴﻢ ning mimi Qur’oni karim suralaridan 11 suraning boshidagi sukunlik harflarga qo’shilib o’qiladi." Bu jumladan basmalani qo‘shib o‘qish lozimdek tushuniladi va ko‘pchilik shunday tushunib, bu haqda so‘rab yuradi. Agar masala yuqorida biz ko‘rgan shaklda yoritilganida, to‘g‘riroq va ravshanroq bo‘lar edi. 2. " Javob:ﺍﻟﺮﺣﻴﻢ ning mimi 9 suraning boshida vaqf qilinib, sukun bilan o’qiladi." Ushbu qoidani boshqa kitoblarda ko‘rmadik. Bizningcha, bu o‘sha suralarning birinchi oyatlarining mazmunidan kelib chiqib aytilgan gap bo‘lib, ularni basmalaga qo‘shish qandaydir nomunosib ko‘rilgan bo‘lsa kerak. Vallohu a‘lam.

27 Май 2022, 02:00 | Савол-жавоблар | 141 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar