Sahv sajdasi haqida

Assalomu alaykum hurmatli Shayx Hazratlari.Alloh sizga ikki dunyoda ham avf va ofiyatni bersin!Bizni mazhabda sahv sajdasi salomdan keyin qilinishi haqida o‘qidim. Lekin salomgacha tashahhud, salovot va duo borku. Hazrat namozida sajdai sahv vojib bo‘lgan kishi oxirgi qa’dada o‘tirganda tashahhud, salovot va duoni o‘qib bo‘lib salom berib, sahv sajdasini qilib, keyin ikki tomonga salom berib namozini tugatadimi? yoki aytayotganim xato bo‘lsa, to‘g‘risini o‘rgating iltimos.Javobingiz uchun rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar namozxon ruknni oldinga yoki orqaga sursa yoxud takror qilsa yoki vojibni o‘zgartirsa yoki unutib tark qilsa, bir salomdan keyin ikki sajda, tashahhud va salom vojib bo‘ladi. Sajdai sahvning vojibligiga dalil:Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Birortangiz turib namoz o‘qiy boshlasa, albatta, shayton kelib uni adashtira boshlaydi, hattoki, u qancha namoz o‘qiganini bilmay qoladi. Biringiz qachon shundoq holni topsa, o‘tirgan holida ikki marta sajda qilsin», – dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan. Sajdai sahvning salomdan keyin bo‘lishiga dalil:Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Peshinni besh rak’at o‘qidilar. Bas, u zotga: «Namozda ziyoda bo‘ldimi?» – deyildi. «Nima uchun?» – dedilar. «Besh rak’at o‘qidingiz»,– dedi. Ul zot salom berganlaridan keyin ikki sahv sajdasini qildilar».Beshovlari rivoyat qilishgan.

27 Май 2022, 02:03 | Савол-жавоблар | 187 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar