inflyatsiya hisoblansa ribo bo‘lmaydimi

Assalomu Alaykum hurmatli ustoz avvalambor sizni Qurbon hayiti bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etaman . Din o‘rganayotgan barcha muslim va muslimalar baxtiga har doim sog‘-salomat bo‘ling . men bir ko‘pchilik ichida ancha iftilofga sabab bo‘lgan savolni bermoqchi edim. shu savolga o‘hshash savolni qidirib topib ko‘rdim ammo men boshqacharoq tarzda batafsil qilib so‘ramoqchi edim. Muhtaram ustoz, malumkin iqtisodiyotda inflyatsiya yani pulning qadrsizlanishi bor .masalan hozirgi kundagi 100 ming so‘mdan keyingi yil shu kundagi 100 ming so‘mni sotib olish qobiliyati past bo‘lodi. shu manoda bir hil odamlar men birovga deylik 3 yil oldin 100 ming so‘m bergan bo‘lsam shuni hozir ko‘p qilib olsam mumkin chunki 3 yil oldin masalan 100 ming so‘mga 3 qop un bergan bo‘lsa hozir 2 qop un ham bermaydi demak men qarz berib inflyatsiya tufayli zarar ko‘ryapman deydi . savol shuki shayh janoblari yuqoridagi kabi ish tutish shariatda mumkinmi ?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu masala hali ulamolar tomonidan hal qilingani yo‘q. Hozirgacha qancha bersa shuncha oladi, degan gap turibdi. Ulamolar bu masalani o‘rganishmoqda.

27 Май 2022, 02:18 | Савол-жавоблар | 170 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar