"Shubxa" xakida
assalomu alaykum muxtaram Ustoz! Din yulida kilayotgan xizmatlaringizni ALLOX(j/j) dargoxida makbul aylasin va ikki dunyoda yaxshilik bilan mukofotlasin! Ustoz biz shubxa mavzusida "xar bir shubxali narsa xaromdir" deb eshitgan edik. Shu gap tugrimi? Savolim nourin bulsa uzr surayman. Javobingiz uchun oldindan raxmat. ALLOX(j/j) sizdan va jumlamizdan rozi bulsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Unday emas.No‘’mon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, halol ochiq-oydindir. Albatta, harom ochiq-oydindir. Va ikkovlari orasida shubhali narsalar bordir. U (shubhali) narsalarni odamlarning ko‘plari bilmaslar. Bas, kim shubhalardan saqlansa, dini va obro‘si uchun poklangan bo‘ladi. Kim shubhalarga tushsa, haromga tushadi. Bu xuddi qo‘riqxona atrofida (hayvon) boqqan cho‘ponga o‘xshaydi. Undan o‘tlab qo‘yishi oson. Ogoh bo‘lingkim! Albatta, har bir podshohning o‘z qo‘riqxonasi bordir. Ogoh bo‘lingkim! Albatta, Allohning qo‘riqxonasi Uning harom qilgan narsalaridir. Ogoh bo‘lingkim! Albatta, jasadda bir parcha go‘sht bordir. Qachon u solih bo‘lsa, jasadning hammasi solih bo‘lur. Qachon u buzuq bo‘lsa, jasadning hammasi buzuq bo‘lur. Ogoh bo‘lingkim! O‘sha narsa qalbdir», dedilar».- Shubhali narsalarga yaqinlashish, haromga tushishga sabab bo‘ladi.
27 Май 2022, 02:37 | Савол-жавоблар | 162 | Dolzarb savollar