"Shubxa" xakida

assalomu alaykum muxtaram Ustoz! Din yulida kilayotgan xizmatlaringizni ALLOX(j/j) dargoxida makbul aylasin va ikki dunyoda yaxshilik bilan mukofotlasin! Ustoz biz shubxa mavzusida "xar bir shubxali narsa xaromdir" deb eshitgan edik. Shu gap tugrimi? Savolim nourin bulsa uzr surayman. Javobingiz uchun oldindan raxmat. ALLOX(j/j) sizdan va jumlamizdan rozi bulsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
‎- Unday emas.‎No‘’mon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat ‎qilinadi:‎‎«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: ‎‎«Albatta, halol ochiq-oydindir. Albatta, harom ‎ochiq-oydindir. Va ikkovlari orasida shubhali ‎narsalar bordir. U (shubhali) narsalarni odamlarning ‎ko‘plari bilmaslar. Bas, kim shubhalardan saqlansa, ‎dini va obro‘si uchun poklangan bo‘ladi. Kim ‎shubhalarga tushsa, haromga tushadi. Bu xuddi ‎qo‘riqxona atrofida (hayvon) boqqan cho‘ponga o‘xshaydi. ‎Undan o‘tlab qo‘yishi oson. ‎Ogoh bo‘lingkim! Albatta, har bir podshohning o‘z ‎qo‘riqxonasi bordir. ‎Ogoh bo‘lingkim! Albatta, Allohning qo‘riqxonasi ‎Uning harom qilgan narsalaridir. ‎Ogoh bo‘lingkim! Albatta, jasadda bir parcha go‘sht ‎bordir. Qachon u solih bo‘lsa, jasadning hammasi solih ‎bo‘lur. Qachon u buzuq bo‘lsa, jasadning hammasi buzuq ‎bo‘lur. ‎Ogoh bo‘lingkim! O‘sha narsa qalbdir», dedilar».‎‎- Shubhali narsalarga yaqinlashish, haromga ‎tushishga sabab bo‘ladi.‎

27 May 2022, 02:37 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar