Azon javobini aytayotganda salovot xam aytiladimi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, muazzin azon aytayotganda payg‘ambarimiz ismlari zikr qilinganlarida azonni eshitib javobini aytib turgan inson salovot aytishi kerakmi yoki muazzin ketidan qaytargani kifoyami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aytishi kerak deyilmagan. Oxirida duodan oldin aytish to‘g‘risida hadisda kelgan. عَنْ أَبِي سَعِيدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قاَلَ: إِذَا سَمِعْتُمُ النِّدَاءَ فَقُولُوا مِثْلَ مَا يَقُولُ الْمُؤَذِّنُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. وَزَادَ غَيْرُ الْبُخَارِيِّ: ثُمَّ صَلُّوا عَلَيَّ، فَإِنَّهُ مَنْ صَلَّى عَلَيَّ صَلَاةً صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ بِهَا عَشْرًا، ثُمَّ سَلُوا اللهَ لِي الْوَسِيلَةَ، فَإِنَّهَا مَنْزِلَةٌ فِي الْجَنَّةِ لَا تَنْبَغِي إِلَّا لِعَبْدٍ مِنْ عِبَادِ اللهِ، وَأَرْجُو أَنْ أَكُونَ أَنَا هُوَ، فَمَنْ سَأَلَ اللهَ لِيَ الْوَسِيلَةَ حَلَّتْ لَهُ الشَّفَاعَةُ Abu Sa’iyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Qachonki azonni eshitsangiz, muazzin aytayotgan narsani aytinglar», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Buxoriydan boshqalar:
«So‘ngra menga salovot aytinglar. Chunki kim menga bir salovot aytsa, albatta, Alloh unga o‘n salovot aytadi. Keyin menga vasilani so‘ranglar. Bas, u jannatdagi bir manzila bo‘lib, Allohning bandalaridan faqat bir bandagagina lozim bo‘lur. O‘sha banda men bo‘lishimni orzu qilaman. Kim menga vasilani so‘rasa, u shafoatga sazovor bo‘lur»ni ziyoda qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Muazzin qaysi lafzni aytsa, azonni eshituvchi o‘shani takrorlab turish lozimligi.
2. Azondan keyin Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish lozimligi. Bu salovot qaysi siyg‘a bilan bo‘lsa ham bo‘laveradi. Faqat u zot sollallohu alayhi vasallamga salovot va salom ma’nosi bo‘lishi zarur.
3. Kim Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bir salovot aytsa, Alloh unga, albatta, o‘n salovot aytishi. Allohning bandaga salovot aytishi – rahmat yuborishidir.
4. Azondan va salovotdan keyin Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Vasilani so‘rash kerakligi. Uni qanday qilib so‘rash keyingi rivoyatda keladi.
5. «Vasila» jannatdagi bir manzila – maqom ekanligi.
6. Alloh tomonidan Vasilaning faqat bir bandaga berilishi.
7. Vasilaga eng yaqin zot Muhammad sollallohu alayhi vasallam ekanliklari.
8. Kim Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Vasilani so‘rasa, u zotning shafoatlariga musharraf bo‘lishi.
Demak, azonni eshitganimizda muazzin nima desa, shuni qaytarib turishimiz lozim. «Hayya ’alas-solah» va «Hayya ’alal-falah» deyilganda nima aytilishi quyida bayon qilinadi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 20:14 | Савол-жавоблар | 166 | Namoz