Aqiqa go‘shtiga kim haqli?
Hurmatli Shayx janoblari! Sizga aqiqa marosimi haqida ba’zi bir savollarim bor edi. 1. Aqiqa marosimida o‘g‘il farzand uchun 2 ta qo‘y so‘yish sunnat deyilgan. 7-14-21 kunda bir vaqtda so‘yish kerakmi yoki 3-4 kun oralatib so‘yiladimi, Masalan, 7 kuni birinchisi, ikkinchisi 21 kuni so‘yilsa bo‘ladimi? 2. Aqiqa uchun so‘yilgan qo‘yning taqsimoti qanday bo‘ladi va unga kimlar haqli? 3. Farzand onasini qanchagacha emishi kerak? Javob uchun oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
– 1. Ummu Kurz al-Ka’biya roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «O‘g‘il bolaga ikki bir-biriga o‘xshash qo‘y, qiz bolaga bir qo‘y», dedilar». Albatta, bir farzandning dunyoga kelishi katta bir hodisa. Faqat doimiy takrorlanib turgani uchun uncha ahamiyat berilmaydi, xolos. Bo‘lmasa, bir bolaning eson-omon, onasi ham sog‘ qolib tug‘ilishi buyuk hodisa. Musulmonlar orasiga yangi bir a’zoning qo‘shilishi, uning onasining sog‘ qolishi sharafiga Alloh taologa har qancha shukr qilinsa, har qancha xayri-sadaqa qilinsa, shuncha oz. Ba’zi holatlarda odamlar bu munosabat ila haddan oshib dabdabaga yo‘l qo‘ymasliklari uchun yoki aksincha holatlar ham bo‘lmasligi uchun shariatda aqiyqaga nima qilinishi va qay miqdorda bo‘lishi ham ko‘rsatib qo‘yilgan. «O‘g‘il bolaga ikki bir-biriga o‘xshash qo‘y». Ya’ni, yangi tug‘ilgan farzand o‘g‘il bola bo‘lsa, uning aqiyqasiga bir-biriga o‘xshash ikki qo‘y so‘ymoq kerak bo‘ladi. «Qiz bolaga bir qo‘y». Ulamolarimiz qiz bolaga bir qo‘y so‘yib aqiyqa qilishni, qizning sha’nini paslatish uchun emas, balki, kelajakda ota-onasi unga sep va bo‘lajak oilasi uchun jihozlar qilib berishini hisobga olingani uchundir, deydilar. Ammo Rasululloh s.a.v. o‘z o‘g‘il nabiralariga bittadan qo‘y so‘yganlari e’tiboridan ikkita so‘yish imkoni ko‘p va himmat qilganlarga, bo‘lmasa bitta so‘ysa ham bo‘laveradi deyilgan. Aqiyqaga so‘yilgan hayvonning go‘shti faqir-miskinlarga tarqatib berilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuningdek ul go‘shtdan qo‘ni-qo‘shni va doyaga ham berilsa, bo‘ladi. 2. Aqiyqa farzand tug‘ilganining ettinchi kuni qilinadi. Agar ettinchi kuni imkoni bo‘lmasa, o‘n to‘rtinchi yoki yigirma birinchi kuni qilinadi. Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Aqiyqa ettinchi, o‘n to‘rtinchi va yigirma birinchi kuni so‘yilur», deganlar. Agar u kunlari imkoni bo‘lmasa, imkonini topganda qilaveradi. 3. Farzand onasini ikki yil emsa yaxshi bo‘ladi.
20 Апрел 2022, 20:14 | Савол-жавоблар | 319 | Boshqa ibodatlar