"Liviya" haqida
Muhtaram ustoz, ikkinchi savolim hammamizga yomon holat bo‘lgan Lviyadagi voqealar haqida. Ustoz hozirda isyonchilar poytaxtni egallaganlari aytilayapti, UStoz ahir musulmon musulmonni zarariga kofirga yordam bersa dindan chiqadiku, ular bo‘lsa nato dan qurol olib musulmon birodarlarini o‘ldirishayapti, nahotki ertaga Nato ni qo‘li ostida "ozod" yashaymiz deb o‘ylashvotti? UStoz bularning boyliklari ham Massonlar qo‘liga o‘tadi va bularda na boylik na tinchlik qoladi, ustoz nega butu dunyo ulamolari kengashi jim turibdi? NEga musulmon davlatlari muftiylari qarab turishibdi, hozir shunday ham na targ‘ibiy na harbiy qarshilikka kuchi qoldi musulmonlarni, shu darajaga etdiki biz tinchmiz deb ro‘za tutayapmiz lekin dunyoda hamma urush musulmon o‘lkalarida bo‘layapti, eng alam qiladigani biz musulmonlarni bu urushga musulmonlar aybdor qilib ishontirib bo‘lishdiki, ba‘zilarimiz to‘g‘rida deb ham tasdiqlaydilar.Ustoz bunga chora nima? Avg‘oniston, Iroq, endi Liviya, hammasi musulmnlarning "aybi" bilan Nato qo‘liga o‘tayapti.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Misr, Tunis, Somali, Yaman, Suriya va boshqalarni ham qo‘shing. Dunyoda mazkur “musulmon”lardan boshqa biror xalq bir birining qonini to‘kayotgani yo‘q. Alloh musulmonlarni hidoyatga boshlasin!
27 Май 2022, 02:50 | Савол-жавоблар | 154 | Turli savollar