TURMUSH O‘YIN’HOQMI

ASSALOMU ALAYKUM HAZRAT,ro‘zai ramazon barcha musulmon ahliga muborak bo‘lsin.HAZRAT sizga 1 savol bilan murojaat qilmoqdaman-8yil oldin turmush o‘rtogi‘m ko‘zingni bo‘yasan taloqsan deganlar,2kun oldin qattiq urushib qoldik,men ahmoqlik va jahl ustida uni oldida ko‘zimga qalam tortdim,lekin shu paytda u taloqsan demadi,sizdan so‘ramoqchi bo‘lganim 8yil oldingi gap kuchda qoladimi va menga taloq tushdimi,agar tushgan bo‘lsa nikoh o‘qitishimiz kerakmi yoki shartmasmi,javobingizni intizor kutaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Erning gapi doimiylikni ifoda qilsa, taloq tushadi. Sizning niyatingiz ahamiyatli emas. Shuning uchun jonli suhbat quriladi. Ikkingizdan aytilgan gaplar niyatlar va boshqalar so‘raladi.

27 Май 2022, 02:53 | Савол-жавоблар | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar