Tarovixga bormaslik

Assalomu alaykum shayx janoblari men Davlat ishlaganim uchun xar kuni 21:30, 22:00da ish tugaydi men tarovix nomozlariga chiqaolmayabman. Lekin suralarning ketma ketligi bo‘yicha kompyuterdan eshitmoqdaman shu xatmi quron o‘rniga o‘tadimi. Bir xil payti tarovix nomozlariga boraolmayayotganligimdan yuragim ezilib ketadi. Oldin Chilonzorda yashaganim uchun Qozirobot masjidiga borib turar edim nomozlarga xozir M.Gorkiyda yashayman shu atrofda biror bir yaqinroq masjid yo‘qmi yonimdagi qo‘shnilar barchasi rusligi uchun bilishmaydi. Shuning uchun barcha nomozlarni uyimda o‘qishga majbur bo‘lyabman faqat xar juma kuni masjidga borib juma o‘qib taxyatul masjid nomozini o‘qib kelmyabman.Ustoz duo qiling bizga Ollox soli va solixa farzand ato qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Yaqinda masjid bor. So‘rab toping. Jamaotga borsangiz yaxshi bo‘ladi. Siz aytgan holat xatm Qur’onga kirmaydi. Alloh sizga o‘zingiz tilagandan ham afzal farzandlarni ato qilsin!

27 Май 2022, 02:55 | Савол-жавоблар | 156 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar