zavoddan ketaymi, bilasiz hozir ish topish ancha mushkul

Assalamu alaykum, ustoz. Alloh savollarga javob beriwizda sizga sabr-toqat, oqibatda ajru mukofotidan behisob bersin. Sizga savolim bor edi.Man zavodga ishga kirdim. Bir shart bilan. Buni pastroqda aytib o‘taman. 4ta ish o‘rnidan biri bo‘sh ekan. Shu joyga iwga kirdim. Lekin qiladigan ishimizni 2-3kishi ham eplarkan. Sehimizning ho‘jayini: -Mani do‘konim bor, o‘sha erda ishleysan, zavoddan ham oylik olasan, do‘kondan ham ozroq oylik qib beraman,-dedi. Man rozi bo‘ldim. Do‘kon oyligi ozroq. Zavod oyligi bilan qo‘shganda o‘rtacha oylik bilan teng bo‘ladi. Faqat do‘konda ishleman desam, do‘konni daromadi ozroq, undan ko‘p maosh berolmeydi. Zavodni o‘zida ishleman desam, seni wu do‘konni yurgizasan deb ishga olgandim, deb ho‘jayin unamayapti. Zavoddan olayotgan pullarim halolmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Zavod kimniki ekaniga bog‘liq. Agar zavod do‘kon egasiniki bo‘lsa halol. Zavod boshqa shaxs yoki davlatniki bo‘lsa, harom.

27 Май 2022, 02:55 | Савол-жавоблар | 158 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar