Qiz tanlash
Assalomu Alaykum Muhtaram Ustoz!. Savollarimizga berib kelayotgan javoblaringiz uchun Alloh ajru-savobini ko‘paytirib bersin. Ming hijolat bilan yana bir muammol savol bilan murojaat etishga ijozat bergaysiz.Onam o‘zimizning qishloqdan bir qizni ko‘z ostiga olib qo‘ygan ekan. Yaqinda u bilan uchrashdim,menga ma‘qul keldi, lekin uning ota-onasi bu yil oilaviy sharoit tufayli uni uzata olmasligini, kelasi yil bahorda to‘y bo‘lishini aytishibdi. Onam bunga ko‘nmadilar va qo‘shni qishloqdan yana bir qiz daraklabdilar. Lekin u qiz menga yoqmasligini ko‘nglim sezmoqda. Kecha u qiz bilan ko‘rishishni rad qilldim. Onam esa shu yil kuzda tezroq to‘y qilish taraddudidalar. Agar ikkala qiz ham hulq-atvor, iymon jihatidan bir hil bo‘lsa, ko‘nglimga yoqqan qizni tanlashim to‘g‘rimi yoki ikkinchisini tanlab to‘yni tezlatgan yaxshimi?Javob uchun avvaldan tashakkur, Alloh rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizning sharoitingizda ko‘nglingizga yoqqanini tanlagan afzal. O‘sha qizning oilasida kamchilik bo‘lsa, sizlar yordam berib to‘yni tezlashtirishingiz mumkinku!
27 Май 2022, 03:08 | Савол-жавоблар | 140 | Oila va turmush