Mayyitni dafn qilish

Assalomu alaykum Shayx hazrat. Savolim quyidagicha: Mayyitni qabrga qo‘yayotgan paytda go‘rkovlar uni oyoqlari orasidan o‘tkazib yuborishadi. Mana shunday holatda go‘rkov gunohkor bo‘lib qolmaydimi? Ba’zilar bunday holatda go‘rkov gunohkor bo‘lib qoladi deyishyapti. Iltimos shu masalaga, ya’ni mayyitni qabrga qo‘yish odobi haqida ma’lumot bersangiz. Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh sizdan rozi bo‘lsin ustoz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Gunohkor bo‘lmaydi. O‘shanday qilmasa, go‘rkov ham, o‘lik ham qiynaladi.

27 Май 2022, 03:17 | Савол-жавоблар | 146 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar