Pishiriklar tarkibidagi "margarin"

Assalomu alaykum Ustoz! ALLOX(j/j) ilmingizni va umringizni ziyoda kilsin va din yulida kilayotgan xizmatlaringizni yaxshilik bilan mukofotlasin.Ustoz biz xozir Rossiyadamiz. Shirinliklarning salkam xech birini eyaolmaymiz, sababi margarin. Xozirgi vaktda 90 foiz pishiriklarga margarin kushiladi. Pishiriklarning kupida tarkibida margarin yoziladiyu, lekin margarinning tarkibi yozilmaydi. Bir kuni bir pishirikning tarkibidagi margaringa (maxsus kremlar uchun) deb yozilibdi. Biz ovkatlanaydigan oshxonaga margarin kelar ekan, tekshirsak u xam maxsus kremlar uchun(spetsialnoe dlya kremov) deb yozilibdi, tarkibida usimlik yogi bor ekan, ya’ni xarom narsa yuk ekan. Yana bir kuni magazinda bitta shirinlikda margarinning tarkibi yozilibdi, unda xam usimlik yogi bor ekan. Ammo boshka shirinliklarda margarinning tarkibi yozilmagan. Ustoz biz juda xam kup shirinliklarni margarini borligi uchun emaymiz va shubxa kilamiz (margarinning tarkibi kanday deb), endi yukorida yozilgan dalillarga asosan boshka shirinliklardan xam esak buladimi, yoki kolganlari shubxalimi?. Odobsizlik kilgan bulsam uzr, ALLOX(j/j) rozi bulsin. Javobingiz uchun oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sotuvchi emas, ishlab chiqaruvchidan ham so‘rasa bo‘ladi. Bunga erinsangiz, unday narsalarni iste’mol qilmaslik kerak.

27 Май 2022, 03:21 | Савол-жавоблар | 159 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar