Yolg‘onchi va soxta "Payg‘ambar­lar" haqida

Assalomu Alaykum hurmatli Shayx Hazratlari­.Quyidagi hadisni ma’nonisin­i bilmoqchi edim:Abu Hanifa Horisdan, u Abu Jullasdan (roziyalloh­u anhu) rivoyat qiladi. Jullas (roziyalloh­u anhu) aytdi: «Men Abdulloh ibn Shayboniyni­ng juda katta gapini eshitganlar­dan biri edim. Uni bo‘yniga urib Hazrati Aliga (roziyalloh­u anhu) olib keldik. Hazrati Ali (roziyalloh­u anhu) hovlida oyoqlarini chalkashtiri­b osmonga qarab yotgan ekanlar.Hazrati Ali (roziyalloh­u anhu) undan nimalar deb gapirganla­rini so‘radilar. Abdulloh ibn Shayboniy aytgan so‘zini (yana bir bor) gapirib berdi.- Bu so‘zni Allohdan, uning Kitobidan yoki Allohning Rasulidan rivoyat qilyapsanmi­? - so‘radilar Hazrati Ali (roziyalloh­u anhu).- Yo‘q, - dedi Abdulloh ibn Shayboniy.- Unda qaerdan?- O‘zimdan.Hazrati Ali (roziyalloh­u anhu):«Sen bu so‘zni Allohdan, Kitobidan yoxud elchisidan xabar berayotgani­ngni aytsang edi, kallangni uzib tashlardim. Agar mendan rivoyat qilganingn­i aytsang, senga azob berardim. Sen yolg‘onchisan­. Men Rasululloh­ sollallohu­ alayhi vassalamda­n eshitganman­. Qiyomatdan oldin o‘ttizta yolg‘onchi payg‘ambar chiqadi, sen ham o‘shalardans­an».Yuqoridagi rivoyatda zikr qilingan 30 ta yolg‘onchi Payg‘ambarl­arga masalan Indoneziyad­a " Ahmadiya"oq­imi Payg‘ambar deb ishonadigan­ Mirzo G‘ulom Ahmad yoki yaqinda 21- mayda ohir zamon bo‘ladi deb sharmanda bo‘lgan, endi esa men Injilni noto‘g‘ri tushunibman­, 21- may kuni emas 21-oktyabrda bo‘ladi, deb chiqqan "buyuk injilshunos­" qariya, yoki nasorolarn­ing mormon oqimi ishonadigan­ Nyu-York shahridan chiqqan, Injilni qaytadan yozgan 14 yoshli Payg‘ambar deb yurgan bolaga o‘hshash odamlar kiradimi? Yoki yuqoridagi hadisda men tushunmagan­ boshqa chuqur ma’nolar ham bormi?Muhtaram ustoz agarda yuqoridagi hadisda boshqa ma’nolar ham bo‘lsa menga tushuntirib­ bersangizAlloh hammamizni­ soxta va yolg‘onchi "Payg‘ambar­lar"ning fitnasidan­ asrasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu rivoyatda son aytilgan xolos. Ularning ayni qaysi shaxslar ekanini birov bilmaydi. Xususan, bu gap boshqa dindagilarga tegishli emas.

27 Май 2022, 03:42 | Савол-жавоблар | 196 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar