Ularning odamlari kim?

Shayx hazratlari, mahallamizda bir ikkita oila borki, ular ko‘p yillardan buyon odamlarni da’volab, kekirib kinna solib, go‘yoki, "yuqoridan amr bo‘ldi, odamlarim aytdi" deb, ko‘pchilikni ishontirib yuribdi. Bu qobiliyat ularga meros bo‘lib o‘tarkan, merosxo‘r og‘ir kasallikdan so‘ng aniqlanib, bo‘yniga olsagina tuzalarmish. Hatto islom nomidan ba’zi oyatlarni, duolarni o‘qib, xalqqa xudoyi qilib beradi. Namoz ham o‘qiydi, fol ochmaydi, umuman olganda o‘ziga xos "universal" odamlar. Yaqinda ulardan biri oldimga kelib har turli tushini gapirib, o‘zini xuddi avliyodek, tanlangan inson ekanini uqtirmoqchi bo‘ldi. Keyin, unday bo‘lsa, bir tadbir qilaylik dedim. Uni shaxsiy kutubxonamga kiring deb, xonamni eshigini ochib berdim. Xonaga kirishi bilan mazasi qochib kekirib ketdi, boshi aylanib, 10 minutlarda o‘ziga keldi. O‘zim ham cho‘chib ketdim, lekin judayam xursand edim, chunki, xonamda Qur’on, Hadis kitoblardan tortib hamma diniy mazmundagi kitoblarim bor edi. Ularga jinlar yordam berayotganini aytsam, tan olmadi. Savolim shuki, ana shunaqa odamlar hukmi qanaqa? Ularning odamlari kim? Oldindan rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ularning odamlari jin!

27 Май 2022, 03:42 | Савол-жавоблар | 142 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar