Joynomoz to‘g‘risida

Assalomu alaykum shayx janoblari siz bizlar uchun qimmatli vaqtingizni ajratib savolimizga javob bermoqdasiz Olllox sizning qabrdagi savol javobingizni oson qilsin.Xazrat to‘g‘risi men ishxonda nomoz o‘qishga ruxsat yo‘qligi uchun yashirinchi ovloq joylarga borib nomoz o‘qib olman, masalan biror bir xonaga savolim shuki nomoz o‘qiladigan joy pok bo‘lishi zarur deb aytilgan lekin man uqiydigan joylarda gilam solingan bo‘lsa xam shu gilmadan ishchilar poyafzali bilan ustiga yurishadi, Yana shunisiki cho‘ntakka mos bo‘lgan joynomozni yonimdagi do‘stlarimga ko‘rsatmasi cho‘ntakka solib xojatxonaga kirib toxorat olaman. Aytmoqchi bo‘lganim shunaq odamlar yuradigan joyda nomoz o‘qisa va iloji yo‘qligi uchun joynomozni o‘i bilan xojatxonga olib kirsa bo‘ladimi.Agar kup bo‘lar bo‘lmas gaplar bilan boshingizni og‘ritganim uchun uzr "Zikr ahlidan so‘rang" kitobchasining 93 yoki 94 sonida shimning poychasini qayirib nomoz o‘qish makrux deb yozilgan. Biroq ish xonada kostyum shim kiyilganligim uchun shim tovonimdan sal tushib turadi shuga qayrib o‘qiyman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Joynamoz bilan xojatxonaga kirsa bo‘ladi. Qayirsangiz mayli.

27 Май 2022, 03:52 | Савол-жавоблар | 170 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar