Shayton haqida hadis

Assalomu alaykum! Fozil qorining Muso alayhissalom va shaytonning suhbati haqida aytgan hadisni eshitganman. Yana bir insonning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va shaytonning suhbati haqida hadislarni eshitganmiz. Shu hadislar sahihmi yoki to‘qima?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! ذكره السيوطي في الدر المنثور ونسبه لابن أبي الدنيا في مكايد الشيطان: عن ابن عمر قال: لقي إبليس موسى فقال: يا موسى أنت الذي اصطفاك الله برسالاته وكلمك تكليماً... إذا تبت، وأنا أريد أن أتوب فاشفع لي إلى ربي أن يتوب علي، قال موسى: نعم، فدعا موسى ربه فقيل: يا موسى قد قضيت حاجتك، فلقي موسى إبليس، قال: قد أمرت أن تسجد لقبر آدم ويتاب عليك، فاستكبر وغضب وقال: لم أسجد له حياً أسجد له ميتاً...؟ ثم قال إبليس: يا موسى إن لك علي حقاً بما شفعت لي إلى ربك، فاذكرني عند ثلاث لا أهلكك فيهن: اذكرني حين تغضب فإني أجري منك مجرى الدم، واذكرني حين تلقى الزحف فإني آتي ابن آدم حين يلقى الزحف فأذكره ولده وزوجته حتى يولي، وإياك أن تجالس امرأة ليست بذات محرم فإني رسولها إليك ورسولك إليها.
Muso alayhissalomning iblis bilan bo‘lgan suhbatlarini imom Suyutiy “Durrul mansur” kitoblarida zikr qilib, Ibn Abuddunyo “Shayton hiylalari” degan kitobda zikr qilganligini aytgan. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : “Shayton Muso alayhissalomga yo‘liqib : “Ey Muso Alloh taolo sizni rosullikka tanlagan va siz bilan bevosita so‘zlashgan. Men tavba qilishni xohlayman. Robbim mening tavbamni qabul qilishiga siz shafoatchi bo‘lsangiz” dedi. Muso alayhissalom : “Mayli” dedilar va robbisiga duo qildilar. Shunda u zotga : “Ey Muso hojatingni ado qilding” deyildi. Muso alayhissalom Iblisga yo‘liqqanlarida : “Odam alayhissalomning qabrlariga sajda qilishga buyurilinding. Shunda sening tavbang qabul bo‘lar ekan” dedilar. Shayton mutakabbirlik qildi va g‘azab qilib, “Tirikligida sajda qilmagan, o‘lganida sajda qilamanmi” dedi. So‘ngra : “Ey Muso men uchun robbinga shafoatchi bo‘lganing uchun zimmamda sening haqqing bor. Uch o‘rinda meni zikr qilsang seni halok qilmayman. G‘azabing chiqqanda eslagin, chunki men sening qon yuradigan tomiringda yuraman. Dushmanga yo‘liqqaningda eslagin, chunki men o‘sha vaqtda odam farzandi oldiga kelib, uni bolasi va xotinini esiga solaman. Oxir oqibat u jangdan qochadi. Marhraming bo‘lmagan ayol kishi bilan o‘tirishdan saqlan, chunki men uning senga, sening unga vositaching bo‘laman” dedi”.
Bu qissani Ibn Asokir “Dimashq tarixi” degan kitobda zikr qilgan. Imom G‘azzoliy “Ehyo”da, Ibni Javziy “Talbisu iblis” kitoblarida zikr qilishgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shayton bilan suhbatlari to‘qimadir. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:42 | Савол-жавоблар | 172 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar