Halol kasb istab
Assalomu alaykum Muhtaram Shayx Hazratlari!Sizga o‘z kasbim bilan bog‘liq bir savol bilan murojaat etishga izn bergaysiz. Alloh sizning olib borayotgan ishlaringizga rivoj bersin va sizni ulkan ajrlar bilan mukofotlasin.Kasbim kompyuter dasturchisi. Bir do‘stim va kasbdoshim ish qidirib yuribdi. Menga bir tashkilotga dasturchilar kerak ekanligini aytishdi. Bu tashkilot banklarning tarmoqlarini o‘rnatib berish va bankda ishlatiladigan dasturlarni tuzib berish bilan shug‘ullanar ekan. Bizga ma‘lumki faoliyati riboga asoslangan banklarda ishlash mumkin emas. Shunga meni o‘ylantirib qo‘ygan narsa bu tashkilotda ishlash birodarim uchun halol kasb bo‘la oladimi, banklarning o‘zida ishlamay bankda ishlatiladigan dasturlarni tuzish bilan shug‘ullanish harom emasmi?Qimmatli vaqtingizni ayamay bergan javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Riboga bevosita bog‘liq bo‘lmagan ishlarga ruxsat bor.
27 Май 2022, 03:53 | Савол-жавоблар | 149 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Riboga bevosita bog‘liq bo‘lmagan ishlarga ruxsat bor.
27 Май 2022, 03:53 | Савол-жавоблар | 149 | Halol va harom