KAZO NAMOZ TUGRISIDAGI ULAMOLARNING AYRIM FIKRLARI

Assalomu alaykum va raxmatulloxi va barokatuxu!Ustoz sizga savol ila murojaat kilishga ijozat bergaysiz.Namozni uxlab kolib, yoki boshka uzrli sabablar bilan kazoga koldirgan kishi uni kazo kilib ukib olishi vojibligiga turt mazxab ulamolari ittifok kilishgan. Bu masalada ixtilof yuk. Ulamolar urtalarida farz namozlarni kasddan, uzrsiz tark kilgan kishi namozni kazo kiladimi, yoki yukmi degan masalada ixtilof bulgan ekan . Shofe’iylardan bir gurux ulamolar kasddan, uzrsiz tark kilingan namozlarni ukish vojib bulmaydi, deyishgan ekan. Ular vaktidan utkazib ukilgan namoz saxix xam bulmaydi, kabul xam bulmaydi, chunki u vaktida ukilmadi, buning ta’xiri uzrsiz kilindimi, bu kabul bulmaydi, deyishgan ekan. Muxammad ibn Xazm: "Kimki agar namozni kasddan ukimasa, endi bu namozga abudul-abad ega bula olmaydi. Endi u odam kup yaxshi ishlarni kilsin, kup nafl namozlarni ukisin, toki kiyomat kunida tarozi ogirrok bulsin, u odam kup tavba kilsin, istigfor aytsin. Ketib koldi u namoz, uni orkasidan necha marta kazo kilib takror ukisa xam foydasi yuk", degan ekanlar.Albatta bu gapni ular barcha dalillarni urganib chikkanlaridan keyin aytishgan ekan. Men bu masalani bir ulamoning aynan shu masalada bergan javoblarida tingladim.Shu urinda savol tugiladi, yurtimizda anchadan beri ixtiloflarga sabab bulib kelayotgan, tavba kilib, pirga kul bergan odam kasddan tark kilgan kazo namozlarni ukimaydi, undan sokit buladi, degan gapning tagida dalil-isboti borligini kurinadi. Mazkur masalani batafsil tushuntirib bersangiz.E’tibor va javoblaringiz uchun tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ularning o‘zlari siz aytgan dalillarni bilishmaydi. Eshon buvamiz aytganlar, o‘zlari dalilini bilsalar kerak deyishadi. Bizning mazhabimizda qazo namozlarni o‘qishga ittifoq qilingan. Buning dalillarini qayta-qayta aytilgan.

20 Апрел 2022, 20:14 | Савол-жавоблар | 187 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar