Ustoz nima kilay

Assalomu alekum va rahmatullohu barakatuh. Ustoz! menga yordam berin. men ilgari ham sizga hat yozgandim javoblaringiz uchun yaratgan egam sizdan rozi bulsin. rossiyadagi ishlardan kochib yurtimizga keldik. 2 haftadan sung onam bilan turkiyaga keldim 3 oydan beri shu erdaman. ayolim esa yurtimizda(kirgizstonda) koldi u bilan har kuni internetda yozishib turaman. usha rossiyadagi ishlarimizdan (bolani abort kilib oldirganimizdan) keyin Ollohimni rahmi kelib ayolim yana homilador buldi. usha bolani onamni gapi bilan oldirgan edim lekin onam buni tan olmadi mayli dedim. endi bunisigayam karshilik kilyapdi men va bollarim rossiyada uzimiz bildik kananka kunlarga kolganimizi 25 sutkaga otirib chikib lekin ishimiz tugamasdan Ollohim yulimizni ochib u erdan ketdik. endi onam u ayolim bilan yashashimga karshilik kilyapdi. har kuni ishdan borsam urushaveradi kargayveradi bolang uzinga uhshasin deb dadam ham kushilib sukishaveradi. aytishicha erkak kishini ishi yurishmasa hotindan emish shu gap rostmi, men esa ajrashkim yok u bolani esa ollohimdan boshkasi ololmaydi men bir adashib bu ishni kilgandim ollohdan kechalari nafl namozimda tavba kilib kechirim suradim. uydagilar hotinini chakirib shu erdan bir honali uy ijaraga olib yashayver bizi oldimizga olib kelmay deyishdi. bu erda pul topish juda kiyin boldi 2oy ishlab 200dollar oshindim. shu kunlarda rossiyadagi ishlarimiz uchun bizni moskvada izlashib yurishibdiykan. men esa buni ota-onamga aytsam ular ishonishmadi hotinini hiylasi deyabdi. ahir u meni hotinim busa bunaka kilishi mumkin emas bunday ishlar uni kulidan kelmaydi. men ishimdagi hujayinga tushuntirdim u menga 200dol karz berdi uzimni pulimga kushib 400dol ayolimga junatdim biletka. bugun esa ertalab ayolimni onasi onamga tel kilib kizim ketyabdi desa onam kemasin bu erga debdi. men juda yomon ahvolda koldim. ota onam meni hayotimni barbod kilishyabdi men u uydan ketmokchiman shunga nima deysiz Ustoz. men 26 yoshdaman shu kungacha ota onamga gap kaytarmadim yuziga tikka karamadim. ular esa meni hurmat kimasdan hayotimga aralashib meni bahtsiz kilishyabdi. ukamni oldida meni sukishib ajratib kuyishyabdi ukam ham menga gapirmay koydi. men hayotimda mazmun kolmadi. 5 mahal namozni kutib ukiyman. ota onamni aytishicha Olloh mendan yuz ugiribdi. shu ayolimga uylanganimdan beri ishim yurishmaydi shunki ota onam norozi mendan. ular nohak bulishsayam shunday bulaveradimi. men uydan ketmokchiman, tunov kuni kech ishdan borib yotsam dadamni ayamga meni yukolsin deganini eshitib koldim. men hayotimni boshidan boshlamokchiman. ota onamni oldida kolsam ular meni ezishib tashlaydi ayolim bilan ham yashay olmayaman. ota onam bizdan kechib hotinini oldiga ketdi deyishadi. menga yol kursating ustoz juvonmak bulib ketmay.....
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Xotingiz bilan ajrashmang. Bunga sizni majbur qilishga ota-onangizning haqqi yo‘q. Nima desa, desin! Bolani oldirmanglar. Ota-onangizga to‘g‘risini ayting. Gunohkor bo‘lar ekansizlar, deng.

27 Май 2022, 03:58 | Савол-жавоблар | 136 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar