"Tavba" surasini "bismillox" siz o‘qilishi
hazrat , Qur‘oni Karimni kasetadan yodlaganlarni ham ustozdan o‘tazib olish kerak degandingiz, shuni uchun bilganlarim va yana bilmagan suralarimni ham ustozdan o‘tkazib olishni niyat qilgandim. Hozir " yusuf" surasidaman...Biz " tavba " surasiga kelganda bismilloxsiz o‘qidik, bu surada bismillox aytilmas ekan, buni sababi nimada ? oldindan rahmat, Olloh rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu mening gapim emas. Musulmon ulamolarning ijmo’idir:- «Tavba» surasining ajralib turadigan bir xususiyati – avvalida «Bismillahir rohmanir rohiym»ning yozilmaganidir. Chunki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buni aytmaganlar. Ma’lumki, Qur’oni Karimning har bir oyatini qaerga va qay tarzda yozishni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlari aytib, tushuntirib borar edilar. «Tavba» surasining avvaliga «Bismillahir rohmanir rohiym»ni nima uchun aytmaganlar, degan savolga ulamolar har xil javob berganlar. Masalan, «Kashshof» tafsirida keltirilishicha, Ibn Uyayna: «Allohning ismi salom (tinchlik) va omonlikdir, urush va uloqtirib tashlash haqida gap borganda yozilmaydi», – degan ekanlar. Ya’ni, bu surada kofirlarga qarshi urush qilish haqida so‘z ketadi, urush esa, ularga nisbatan shafqatsiz bo‘lish demakdir. Binobarin, «Bismillahir rohmanir rohiym» bu erga to‘g‘ri kelmaydi, deganidir.
27 Май 2022, 03:58 | Савол-жавоблар | 154 | Qur’oni karim