Muhim

Assalamu alaykum. Hurmatli Shayh hazratlari ixlosmand muxlisingiz sifatida bir savol bersam. takroriy bo‘lgan bo‘lsa ming bor uzur. Mendan tez- tez el chiqib turadi. bu holat uch to‘rt kun davom etadi keyin to‘htab uch to‘rt kun u darajadagi el chiqishi kuzatilmaydi. bazi paytlari tahorat olayotganimda ham tinmay chiqib turadi. bazi vaqtlari tahorat qilib bo‘lishim bilan chiqadi. men o‘zimni uzurli hisoblaymi yo‘qmi bilmay qoldim. Bu savolimga qo‘shimcha ro‘za paytlari iftorliklarda biror bir marakada Quronni tajvid bilan o‘qiganim uchun imomlikka o‘tasiz deb qo‘yishmaydi men havotirdaman biroz tushintirish bersangiz nima qilay?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Davolanishga harakat qiling. Sizdagi holat doimiy bo‘lganda uzrli bo‘lar edingiz. Hozirgi holatda uzrli emassiz.

27 Май 2022, 02:36 | Савол-жавоблар | 153 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar