Pishmagan maxsulotga pul olish
Assalomu alaykum Xazrat.Bizda uzumchilik bilan shug‘ullaniladi.Bog‘i bor odamlar aprel may oylarida mayzning xar bir kilosiga 1000 so‘mdan ayrim xollarda bundan qimmatroq yoki arzonroq pul oladi. Mayz sentyabr oyida tayyor bo‘lgandan keyin mayzni beradi.Sentyabr oyida mayzning narxi 1500-2000 artofida bo‘ladi , balki arzon bo‘lishi xam mumkin.Savolim pishmagan mayzga pul bersa bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan raxmat.Olloh sizu bizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunga ruxsat bor va uni “Salam” yoki “Salaf” savodosi deb nomlanadi.SALAM FASLISalam miqdori va sifati ma’lum, narxga aylantirilgan kaylli va vaznli kabi narsada to‘g‘ri bo‘ladi. Kiyimga o‘xshash, ziro’ bilan o‘lchanadigan narsalarda uzunligi, eni hamda yupqa-qalinligi bayon qilingan bo‘lishi kerak.Soni sanaladigan narsalar bir-biriga yaqin sifatli bo‘lishi kerak. Tuzlangan baliqda salam savdosi durust. Hayvon, uning kalla-poychalari va terilarida hamda javohirlarda durust emas. Miqdorini bilib bo‘lmaydigan muayyan so’ va ziro’da ham durust emas.«Salam» lug‘atda «taslim qilish», «berish» ma’nosini anglatadi. Shariatda esa, zimmadagi vasf qilingan molning qiymatini oldindan berishga aytiladi. Bunday savdoni «salaf» ham deyiladi, bu «qiymati oldin berilgan» degan ma’noni anglatadi. Bu savdo hojat tushganda, ribo aralashmasligi sharti ila joiz. Ya’ni, oldi-sotdi qilinayotgan narsa bir xil bo‘lmasligi va riboning boshqa ko‘rinishlari ham aralashmasligi lozim. «Salam»da oluvchi sotuvchiga: «Men senga bu dinorni falon narsani menga sotishing uchun, falon vaqtda va falon joyda berishing uchun topshirdim», deydi.«Salam»–«Salaf» savdosi haqida ulamolarimiz chuqur va keng ko‘lamli bahslar qilganlar. Bu masalani atroflicha o‘rganib chiqqanlar. Quyida o‘sha muborak ilmiy izlanishlarning samaralaridan ba’zilari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.1. «Salaf» savdosiga Qur’oni Karimdan ham dalil bor:Alloh taolo «Baqara» surasida: «Ey, iymon keltirganlar, qachon ma’lum muddatga qarz oldi-berdi qilsangiz, uni yozing», degan. (282-oyat)«Salaf»da ham shu ma’no bor. «Islom ummatining ilm dengizi», Qur’on tarjimoni deya ulug‘langan buyuk sahobiy Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Shohidlik beramanki, zimmadagi vasf qilingan, ma’lum muddatga kelishilgan «salaf»ni Alloh O‘z kitobida halol qilib izn bergan», deb turib yuqoridagi oyatni qiroat qilar ekanlar.2. «Salaf» savdosiga Sunnatdan ham dalil bor:عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: قَدِمَ رَسُولُ اللهِ الْمَدِينَةَ وَهُمْ يُسْلِفُونَ فِي التَّمْرِ السَّنَةَ وَالسَّنَتَيْنِ فَقَالَ: مَنْ أَسْلَفَ فِي تَمْرٍ وَفِي رِوَايَةٍ: فِي شَيْءٍ فَلْيُسْلِفْ فِي كَيْلٍ مَعْلُومٍ وَوَزْنٍ مَعْلُومٍ إِلَى أَجَلٍ مَعْلُومٍ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Madiynaga kelganlarida ular mevani bir yil, ikki yilga «salaf» savdo qilar edilar. Bas, u zot: «Kim xurmoni (boshqa rivoyatda: bir narsani) salaf savdo qilsa, ma’lum o‘lchov, ma’lum vazn bilan ma’lum muddatga salaf qilsin», – dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan.Ahli Madiynaning «salaf» savdosi johiliyat qoidasi bo‘yicha bo‘lar edi. Mevaning qancha berilishi, qachon va qaerda berilishi tayin qilinmas edi. Shuning uchun ham, oralaridan turli kelishmovchiliklar, urish-janjallar kelib chiqar edi. Ushbu hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam «salaf» savdosining islomiy vasfini aytdilar: Salaf savdoda quyidagilar bo‘lishi shart:1. «Ma’lum o‘lchov». So’, mudd kabi yoki boshqa o‘lchovlar aniq aytilishi kerak. «Men senga bu dinorlarni buncha so’ xurmo uchun berdim», deb, sotib olinayotgan narsaning o‘lchovi aniq aytilishi kerak.2. «Ma’lum vazn».Narxi oldindan berilayotgan savdo molining vazni, agar uning miqdori vazn bilan o‘lchanadigan bo‘lsa, aniq aytilishi kerak. Misol uchun, «Men senga ushbu dinorlarini menga buncha misqol tilloni sotishing uchun taslim qildim», deyishi lozim.3. «Ma’lum muddat».Ya’ni, narxi oldindan berilgan savdo moli xaridorga qachon berilishi ham aniq kelishib olinishi kerak. Ana shunda turli kelishmovchiliklarning oldi olingan bo‘ladi.قَالَ مُحَمَّدُ بْنُ أَبِي الْمُجَالِدِ بَعَثَنِي عَبْد ُاللهِ بْنُ شَدَّادٍ وَأَبُو بُرْدَةَ إِلَى عَبْدِ اللهِ بْنِ أَبِي أَوْفَى فَقَالَ: سَلْهُ هَلْ كَانَ أَصْحَابُ النَّبِيِّ فِي عَهْدِهِ يُسْلِفُونَ فِي الْحِنْطَةِ قَالَ: كُنَّا نُسْلِفُ نَبِيطَ أَهْلِ الشَّامِ فِي الْحِنْطَةِ وَالشَّعِيرِ وَالزَّيْتِ فِي كَيْلٍ مَعْلُومٍ إِلَى أَجَلٍ مَعْلُومٍ قُلْتُ: إِلَى مَنْ كَانَ أَصْلُهُ عِنْدَهُ قَالَ: مَا كُنَّا نَسْأَلُهُمْ عَنْ ذَلِكَ ثُمَّ بَعَثَانِي إِلَى ابْنِ أَبْزَى فَسَأَلْتُهُ فَقَالَ: نَعَمْ، ماَ كُنَّا نَسْأَلْهُمْ أَلَهُمْ حَرْثٌ أَمْ لاَ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. ولأَبِي دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَةَ: مَنْ أَسْلَفَ فِي شَيْءٍ فَلاَ يَصْرِفْهُ إِلَى غَيْرِهِ.Muhammad ibn Abu Mujolid roziyallohu anhu aytadilarki: «Meni Abdulloh ibn Shaddod va Abu Burda Abdulloh ibn Abu Avfoning oldiga yuborib: «So‘ra-chi, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalari u zotning davrlarida bug‘doy-la salaf savdo qilishar ekanmi?» – dedilar. Bas u:«Ahli Shom nabiytlari bilan bug‘doyda, arpada va o‘simlik yog‘ida ma’lum o‘lchov va ma’lum vaqtga salaf qilar edik», – dedi.«Huzurida (molning) tagi borlar bilanmi?» – dedim.«U haqida ulardan so‘ramas edik», – dedi. So‘ngra ikkovlari meni Ibn Abza huzuriga yubordilar, undan ham so‘radim. Bas u:«Ha, ulardan ekinlari bormi, yo‘qmi ekanini so‘ramas edik», dedi». Buxoriy, Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilishgan.Abu Dovud va Ibn Moja keltirgan rivoyatda: «Kim bir narsada salaf qilsa, boshqasiga burib yubormasin», deyilgan.«Nabiyt» so‘zi «er ostidan suv chiqarishga usta odam» degan ma’noni bildiradi. Hadisda, «ahli Shom nabiytlari» deyilganda dehqonlari nazarda tutilgan. Chunki, ular ekinlarini sug‘orish uchun er ostidagi suv chiqarar edilar.Bu hadisdan quyidagi foydalar olinadi:–Bug‘doy, arpa va o‘simlik moyida salaf savdosi joizligi;–Salaf ma’lum o‘lchov ila bo‘lishi shartligi;–Salaf ma’lum muddatga bo‘lishi shartligi;–Salaf savdosidagi ikkinchi tomonda aytiladigan molning asli bo‘lishi shart emasligi;–Salaf savdosida sotiladigan molni narx bergan odam o‘zi olmasdan boshqa molni talab qilishi yoki boshqa birovga o‘tkazib yuborishi joiz emasligi.3. Islom ummatining hammasi «Salaf»–«Salam» savdosi joiz ekaniga doimo ittifoq qilib kelgan. Bu haqda Imom Ibn Munzir quyidagilarni aytadilar: «Biz bilgan har bir ahli ilm salamning joiz ekaniga ijmo’ qilgan. Chunki, odamlar bunga muhtojdirlar. Ular ziroat, mol va tijorat egalari mahsulotlarini bozorga chiqarguncha bunga muhtoj bo‘lib turadilar. Shuning uchun ham, hojatni hisobga olib «Salam»ga izn berilgan».«Yo‘q narsani sotib bo‘lmaydi» degan umumiy qoidadan istisno tariyqasida iqtisodiy foydani ko‘zlab, odamlarga engillik yaratish uchun joriy qilingan «Salam» savdosining xuddi boshqa savdolar kabi uchta rukni bor: savdo qiluvchi, savdo moli hamda iyjob va qabul. Savdo qiluvchi – oluvchi va sotuvchi ikki tarafdir. Savdo moli–narx va uning evaziga keyin beriladigan mol. Iyjob–narx beruvchining narxni berib, mol egasidan roziligini so‘rashi. Qabul–mol egasining narxni va shartlarni qabul qilishi.«Salam» savdosining to‘g‘ri bo‘lishi uchun bir necha toifa shartlar mavjud bo‘lishi kerak. Narx uchun berilayotgan ra’sulmolda bo‘lishi lozim shartlar toifasi. Oldindan narxi tayinlanayotgan molda bo‘lishi lozim shartlar toifasi «Salam» savdosining umumiy sifatlari toifasi.Shu shartlar bilan qisqacha tanishib chiqaylik:I. «Salaf»ning umumiy shartlari:1. Ma’lum jinsda bo‘lishi shart.«Salam»–«Salaf» savdosi qilinayotgan narsaning jinsi noma’lum bo‘lmasligi darkor. Aks holda keyin janjal chiqadi.2. Miqdori ma’lum bo‘lishi kerak.Olayotgan odam: «Ushbu pulimga falon miqdor narsa berasan», deb aniq miqdorni aytishi, sotayotgan o‘shanga rozi bo‘lishi kerak. «Xohlaganingcha berarsan, odamlar nima bo‘lsa, biz ham shu-da», kabi umumiy, noaniq gaplar bo‘lmasligi kerak.3. Ma’lum muddatga bo‘lishi kerak.Narx tayinlab, sotib olayotgan odam: «Falon kuni molni berasan», deb aniq aytishi, sotayotgan kishi o‘sha muddatga rozi bo‘lishi kerak. «Pishganda berarsan», «kerak bo‘lganda berarsan» kabi gaplar bo‘lmaydi. Keyin janjal chiqadi.4. Ra’sulmolning miqdorini bilish kerak.Ya’ni, oldindan topshirilayotgan narxning aniq miqdorini ikki tomon ham bilishi kerak.5. Narxi berilgan molni topshirish joyi tayin bo‘lishi kerak. Chunki, uni olib kelishga ketadigan xarajat tufayli ham keyinchalik xilof chiqishi mumkin.II. Narx uchun berilayotgan ra’sulmolda bo‘lishi lozim shartlar toifasi:1. Jinsi bayon etilishi kerak.Pul bo‘lsa dinormi, dirhammi yoki boshqami. Boshqa narsa bo‘lsa ham, nimaligi ochiq-oydin bayon qilinishi lozim.2. Turi bayon qilinish kerak.Madiynaning dinorimi, Bog‘dodnikimi, Makkaning dirhamimi yoki Shomnikimi aniq aytilishi shart. Shuningdek, boshqa narsalarning ham turi aniq aytilishi kerak.3. Sifati bayon qilinishi kerak.Bu gap naqd puldan boshqa narsalarga tegishli. O‘sha beriladigan narsa yangimi, eskimi, a’lo sifatlimi, o‘rtachami yoki past sifatlimi–bari aytilishi lozim.Mazkur uch shart savdodagi noaniqlikni yo‘qotishga xizmat qiladi. Ushbu narsalar oldindan aniq qilib olinmasa, keyin o‘rtada nizo chiqadi. Bu narsalar tayin qilinmasa savdo fosid bo‘ladi (buziladi).4. Narxi oldindan berilayotgan mol uchun ajratilgan molning miqdori aniq ko‘rsatilishi kerak. Bir to‘p pulni ko‘rsatib: «Senga ushbu pulni beraman, sen menga buncha bug‘doy berasan», desa, bo‘lmaydi. Bu ham noaniqlik, bu ham nizoga sabab bo‘ladigan ish.5. Berilayotgan pul tekshirilgan bo‘lishi kerak.Chunki, qalbaki pul bo‘lsa, janjal chiqadi. Yoki pulni olgan odam bir muddatdan keyin: «Bergan puling qalbaki ekan», deb qolishi ham mumkin. Keyinchalik nizoga sabab bo‘ladigan har bir noaniqlik savdoni buzadi.6. Savdo tugab, ikki tomon ajrashishidan oldin kelishilgan narxdagi pul qo‘lga tutqazilishi lozim.III. Oldindan narxi olinayotgan molda bo‘lishi lozim shartlar:1. Jinsi ma’lum bo‘lishi shart.Bug‘doymi, arpami, xurmomi, olmami yoki boshqami.2. Navi ma’lum bo‘lishi kerak.Ajfa xurmosimi, Tobuniy xurmosimi yoki boshqami. Toifiy uzummi, Husayniymi yoki boshqami.3. Sifati ma’lum bo‘lishi kerak.Oliy navlimi, o‘rtachami yoki pastmi va hokazo.4. Miqdori ma’lum bo‘lishi kerak.Necha so’, botmon, kilo, metr, adad yoki boshqa o‘lchovi aniq bo‘lishi kerak. Ushbu to‘rt shart ham noaniqlikni ko‘tarish uchun kiritilgan. Agar bu shartlar mavjud bo‘lmasa, nizo chiqish ehtimoli bor.5. Ra’sulmol va narxi oldindan olinadigan molda riboning illatlari birlashmasligi kerak. Avvalo, ikkisi bir jinsdan bo‘lmasligi lozim. Tillo bilan kumush orasida salaf savdosi bo‘lmaydi. Shuningdek, taomlarda ham bo‘lmaydi. Pulga taom, tijorat mollarini salaf qilsa, bo‘ladi. Tijorat mollarini bir-biriga salaf qilsa, bo‘ladi. Umuman, ribo bo‘lib qolmasligining rioyasi bo‘lishi kerak.6. Narxi oldindan olinayotgan mol savdo paytida hozir bo‘lmasligi kerak. Hozir bo‘lsa, o‘sha vaqtning o‘zida sotib olinardi.7. Narxi oldindan olingan molning vasf qilingan navi va sifati salaf savdosi qilingan vaqtidan toki, uni berish vaqtigacha bozordan topiladigan narsa bo‘lishi kerak. Ma’lum vaqt bo‘lib keyin bozordan yo‘qolib qoladigan narsa bo‘lishi kerak emas. Masalan, qulupnayga salaf qilsa, o‘sha salaf qilgan vaqtda ham, uni, xaridorga beradigan vaqtda ham, oraliq vaqtda ham bozorda qulupnay bo‘lishi kerak. Chunki, o‘zining ko‘zlagan hosili bitmay qolsa, bozordan olib berish imkoni bo‘lsin.8. Savdo ahdnomasi qat’iy bo‘lishi kerak. Ya’ni, ikki tarafda ham aynish ixtiyori bo‘lmaydi. Chunki, aynish ixtiyori molni sinab ko‘rish, aybi bo‘lsa aniqlash maqsadida shariatga kiritilgan. «Salam» savdosida bu holat umuman yo‘q.9. Narxi oldindan berilgan molni taslim qilish joyi aniq bo‘lishi kerak.Ko‘rinib turibdiki, «Salaf» savdosi ham boshqa savdolar kabi nozik masala. Musulmon inson bu ishga kirishishdan oldin yaxshilab o‘rganib olishi lozim. Moliyaviy muomalasida harom aralashib gunohmasligi, birovning haqini eb, ikki dunyoda sharmanda bo‘lmasligi uchun o‘ta ehtiyotkorlik bilan tasarruf qilishi kerak. Moliyaviy muomalalarning hammasidagi kabi «Salaf» savdosida ham shubhaga va birovning haqqi zoe bo‘lmasligiga o‘rin qolmaydigan shaklda aniq ish yuritish kerak. Bu ishlarni ikkita odil guvoh huzurida yozib-chizib qo‘yilsa, yana ham yaxshi bo‘ladi. Endi, «Muxtasari Viqoya»da bu haqda kelgan matnni o‘rganaylik.Salam miqdori va sifati ma’lum, narxga aylantirilgan kaylli va vaznli kabi narsada to‘g‘ri bo‘ladi. Kiyimga o‘xshash, ziro’ bilan o‘lchanadigan narsalarda uzunligi, eni hamda yupqa-qalinligi bayon qilingan bo‘lishi kerak.Soni sanaladigan narsalar bir-biriga yaqin sifatli bo‘lishi kerak.Bunda bir donasi boshqasiga hajman yaqin bo‘lgan yong‘oq va tuxumga o‘xshash narsalar salam savdosi joiz bo‘ladi. Ammo donalari orasidagi tafovut katta bo‘ladigan qovun va tarvuz kabi narsalarda salam savdosi joiz emas. Tuzlangan baliqda salam savdosi durust. Hayvon, uning kalla-poychalari va terilarida hamda javohirlarda durust emas. Miqdorini bilib bo‘lmaydigan muayyan so’ va ziro’da ham durust emas.Tuzlangan baliqdagi salam son bilan emas, vazn bilan o‘lchanadi.SALAMNING ShARTLARISalamning shartlari: salamga qo‘yiladigan narsaning jinsini (misol uchun, bug‘doy) navini (sug‘oriladigan), sifatini (yaxshi) va muddatini (falon kuni) bayon qilishdir. Uning ozi bir oydir. Shuningdek, kayliy, vazniy, adadiy narsalarda ra’sulmolning va naql qilishga xarajat ketadigan narsalarda topshiriladigan makonning ham bayon qilishini shart. Taraflar bir-biridan ayrilishidan oldin sarmoyani qo‘lga olish salamning boqiy qolishi shartidir.
27 Май 2022, 04:01 | Савол-жавоблар | 145 | Islam