har xil belgi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdullihi robbul alamiyn.Alloxumma solli ala’ Muhammadin abdika va rosu’lika va alal mu’mimiyna val mu’minati val muslimiyna val muslima’tiAssalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhMuhtaram shayx xazratlari avvalgi savolimni e’tiborsiz qoldirmaganiz uchun rahmat, Alloh sizdan rozi bo’lsin, o’zidan boshqasiga muhtoj qilmasin! Sizga yana bir savolimni berishga ijozat bergaysiz. Savol: Alloh bandasiga qilayotgan ishi to’g‘ri yoki noto’griligi, yoki nima ish qilish kerakligi va h.k to’g‘risida qandaydir belgi berishi mumkinmi (istixoradan tashqari)? Agar mumkin bo’lsa misol uchun u qanaqa shaklda bo’ladi? Va Allohdan qanaqadur belgi keldi deb qalbga tushsa bu belgini odamlaga aytish joizmi? Iltimos to’g‘ri yo’l ko’rsating!Ustoz iltimos duo qiling! Allohim iymonimizni mustahkam qilsin, namozlarimizi mukammal ado etishga o’zi yordam bersin! O’zi norizo bo’lgan amallardan o’zi asrasinJavoblaringiz uchun oldindan tashakkur. Alloh ilmingizni yanada ziyoda va martabangizni O‘z huzurida yanada ulug‘ qilsin. Allohim qilayotgan hayrli ishlaringizni yanada barakotli va bardavom aylasin. Qimmatli vaqtingizni olganim uchun rozi bo‘lgaysiz. Alloh sizni va oila a‘zolaringizni hamisha O‘z panohida asrasin. Alloxim sizni va jamiki mo’min-musulmonlani o‘zidan boshqasiga muxtoj qilmasin, Allohim hammamizdan rozi bo‘sin! Qimmatli vaqtingizni ayamaganiz uchun va javobingiz uchun oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday alohida bildirishlar yo‘q. Chunki, banda har bir ishni avval o‘rganib, shariatga muvofiq qilish kerak.

27 Май 2022, 04:03 | Савол-жавоблар | 136 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar