Nafl namozlar haqida savollar

Assalamu alaykum va rohmatullohu va barokatuh Shayh Hazratlari. Sizga bir hechta savollar bilan murojaat qilmoqchi edim, savolimda hato va kamchiliklar o‘tsa sizdan avvaldan uzur so‘‘rayman. Hazrat man oddiy omi bir muslimaman ammo sizni kitoplaringizni iloji boricha o‘qib dinimni o‘rganiyapman, shu kitoplarni o‘qish mobaynida manda ba‘zi savollar tug‘uladi sizdan iltimos tushunmaganlarimni manga tushunishimda yordam bersangiz sizni qimmatlik vaqtingizni olsam uzur Olloh sizdan rozi bulsin bahtimmizga umringiz uzoq taningiz sog‘ bulishini Ollohdan iltijo qilib so‘rab qolaman. Hazrat duolaringizda mani va oila azolarimniyam unutmang iltimos.1-savolim. Hadis va Hayot kitobi 7-juzining 83-betida Choshgoh Namozi sarlavhasi ostida bir necha namozlar nomi aytilgan shulardan( Shuruq,Avvabiynlar) nomlari ham bir sarlavha ostida kelgan man shularni o‘qib hammasi bir Hamoz deb faqat 4rakat Choshgoh namozi o‘qib yurgandim. Yaqinda Kifoya 1- kitobini o‘qib qoldim kitobning 369-betida nafl namozlar bobida Shuruq namozi, Zuho-Choshgoh namozi alohidaligi aytilgan, Hazrat bu namozlar alohida namozlarmi bularni o‘qishda niyat qilishda o‘z nomini aytib niyat qilamanmi, bularni fitna uchun emas namozni to‘g‘ri o‘qish uchun so‘rayapman.2-savolim. Hadis va Hayot kitobi 7-juzining 83-betida Choshgoh Namozi sarlavhasi ostida( Avvabiynlar) namozi haqida ham aytilgan 887. Zayd ibn Arqam roziyallohu anhudan rivoyat: " U choshgoh namozi o‘qiyatgan qavmni ko‘rib qolib: "Bular namoz ushbu soatdan boshqasida afzal ekanini bilmasmikinlar?! Rosululloh sollallohu alayhi vasallam avvabiynlarning namozi tevalatning oyog‘i kuyganda bo‘ladi, deganlar‘,dedi‘.Muslim va Ahmad rivoyatqilishgan.Sharh: Zayd ibn Arqam roziyallohu anhu bu gapni Qubo ahlining quyosh chiqqan paytida choshgoh namozini o‘qiyatganlarini ko‘rib qolib aytganlar. Zayd ibn Arqam roziyallohu anhuni fikrilaricha, choshgoh namozi o‘qimoqchi bo‘lgan ushbu hadisda vasf qilingan paytda o‘qigani afzal. Bu paytda quyosh erni qizdirib kichik bo‘taloq tevalarning oyog‘ini kuydiradigan darajaga etib qoladi. Shuni o‘qib man choshgoh namozini Avvabiynlar namozi ham deyilarkan deb o‘ylabman ammo Kifoya kitobining 385-betida Avvabiyn namozi: Bu namoz Shomdan keyin o‘qiladi va olti rakat bo‘ladi. Avval tort, keyin ikki rakat yoki ikki rakatdan qilib o‘qiladi.Imom Tabaroniy Ammor ibn Yasir roziyallohu anhudan qilgan hadisda:"Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kim Shomdan keyin olti rakat namoz o‘qisa, gunohlari mag‘firat qilinur, agar dengizning ko‘pigicha bo‘lsa ham‘, deganlar.Ibn Umardan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:"Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim Shomdan keyin olti rakat namoz o‘qisa, avvaablardan deb yozulur",- dedilar. Hazrat ushbu namoz Hadis va Hayot kitobi 7-juzining 83-betida Choshgoh Namozi sarlavhasi ostida( Avvabiynlar) namozi haqida ham aytilgan 887. Zayd ibn Arqam roziyallohu anhudan rivoyat: " U choshgoh namozi o‘qiyatgan qavmni ko‘rib qolib: "Bular namoz ushbu soatdan boshqasida afzal ekanini bilmasmikinlar?! Rosululloh sollallohu alayhi vasallam avvabiyinlarning namozi tevalatning oyog‘i kuyganda bo‘ladi, deganlar‘,dedi‘.Muslim va Ahmad rivoyatqilishgan. Shu ikki hadisda bir hil namozni aytiliyaptimi yoki nomlari o‘hshashmi? yoki man noto‘g‘ri tushundimmi? 3-savolim. Hazrat shomdan keyingi olti rakatlik namoz shomning ikki rakat sunnatidan alohida o‘qiladimiyoki o‘sh bilan qo‘shib yana to‘rt rakat o‘qiladimi?. Shomdan keyingi olti rakatga niyat qilganimda Avvabiynlar namozi deb niyat qilamanmi? Shu namozni Huftonni vaqti kitguncha o‘ib olish kerakmi?. 4-savolim. Hazrat ayol kishi hayz vaqtida kitobni ushlamagan holida kitobga qarab yoki og‘zaki Hadis yodlashi yoki o‘qishi mumkinmi?.5-savolim.Hazrat man qazo namozlarimni Ollohni madadi bilan boshlaganman, man qazolarimni kunlik 5vaqtnamozimni orqasidan o‘qishlikni o‘zimga vazifa qilib olganman, manga yaqinda bir tanishim Bomdod va Asr namozidan keyin hech qanday namoz o‘qib bo‘lmasligini aytdi sababi man bomdod va asr namozimni qazosinihar kunlik bomdob va asr namozimdan keyin o‘qiyman sababi Kifoya 1-kitobining 411-betida (Ammo Bomdod va Asrdan keyin nafl o‘qish mumkin bo‘lmasa ham, qazo o‘qish mumkik) deyilgan shunga man bomdod va asr namozimni qazosini kunlik farz namozimning orqasidan o‘qib olaman shnday qilishim to‘g‘rimi?.6-savolim. Hazrat Peshin namozim qazo bo‘lib qolsa va Asr namozi vaqti kirgan bo‘lsa avval peshinni qazosinio‘qib keyin asrni o‘qiymanmi yoki asrni o‘qib keyin peshinni qazosini asrning orqasidan o‘qiymanmi?. Savollarim bilan vaqtingizni olgan bo‘lsam yana bir bor uzr.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Savolni bittadan bering.

27 Май 2022, 04:08 | Савол-жавоблар | 201 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar