Javoblar bir-birlariga to‘g‘ri kelmayaptiku !?
9-aprel,2010-yilda berilgan savol: “Savol: Banda o‘z ixtiyor- irodasini o‘zi yaratadimi? ” - 30 –aprel,2010-yilda berilgan javobida: siz: “Alloh yaratadi. ” - deb aytgan edingiz. ________________________________________________________8-mart,2011-yilda berilgan savol:“ Savol: Agar banda xarom ishni ixtiyor - iroda etib qilib, gunohkor bo‘lsa , o‘sha bandaning ixtiyorini Alloh yaratguvchisi bo‘lsa, so‘ngra Alloh gunohkorni azoblashiga qanday tushunamiz? ” -degan savolning 11-mart,2011-yilda berilgan javobida:“ - Ixtiyorni Alloh yaratmaydi. Inson ixtiyor qiladi. Amalga intiladi, uning amalini Alloh yaratadi. Keyin gunohni ixtiyor qilgani uchun banda jazolanadi.Bunday savollar berish o‘rniga aqiydaga oid kitoblarni o‘qish kerak. boshqa masalalarni ham bilib, iymon mustahkam bo‘lib yuriladi. Uzuq yuluq savollar bilan ilm hosil bo‘lmaydi. ”- deb aytgan edingiz. __________________________________________________________Avvalgi savolda “Ixtiyorni Alloh yaratadi” –degan edingiz,Endi bo‘lsa “Ixtiyorni Alloh yaratmaydi. ” – deb aytayapsiz. Javoblar bir-birlariga to‘g‘ri kelmayaptiku !?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Savollaringizni va javoblarimni harfma harf o‘qib ko‘ring. Keyin tushunasiz. Menimcha, birinchi savol bilan ikkinchi savolda bitta so‘z farqi bor.
27 Май 2022, 04:14 | Савол-жавоблар | 142 | Aqiyda