Shubhali savdo

Assalamu aleykum, hurmatli Shayh hazratlari, Alloh qilayotgan ishlaringizdan rozi bo‘lsin! Yaqinda bir savol bergan edim, shu savolim olib tashlanibdi, shuni boshqatdan bermoqchi edim:Men sherigim bilan avtomobil olib-sotamiz. Mablag‘ mendan, ish undan. Foydani teng bo‘lamiz. Yaqin kunlarda noxush ish bo‘ldi. Sherigim bir odam(bu odam ham biz kabi ish bilan shug‘ullanadi, lekin bizga sherik emas)ning gapi bilan navbatdagi avtomashinamizni kilometrajini orqaga aylantirib qo‘yibdi. Bundan meni habardor etdi. Norozilik bildirdim, lekin kech edi. Bu avtomobil foydasi billan sotildi. Uni haligi kilometrajini orqaga aylantirishni tavsiya qilgan odamning o‘zi bizdan olib, o‘zi kimgadir sotib yubordi. Biz pulni shu odamning o‘zidan, ya‘ni kilometrajni orqaga aylantirishni tavsiya etgan odamdan oldik. 1a: Shu savdo halolmi? 1b: Agarda buni bilmagan odamga sotilsa, uning hukmi qanday? Avvaldan katta rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Bu aldamchilik.2. O‘sha odamni aldagansizlar. Tavba qilishngiz, imkoni bo‘lsa, o‘sha odamni topib bo‘lgan qalloblikni unga aytishingiz kerak.

27 Май 2022, 04:18 | Савол-жавоблар | 178 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar