Nikoh tuyi masalasi

shayz xazratlari, sizdan suraydigan muhim savolim bor, yani inshAlloh yozda uylanish arafasidaman, uzim xozir zorijdaman, shunga uydagilarim tuy tayorgarliklari bilan band, oyim va akamga tuyni qandoq utkazish masalasini kelishib olgandim, yani restoranni ikkiga bulib bir tarafga faqat ayollar, boshqa tamonga erkaklar, va dasturhonda harom narsalarni bulmasligini shart qilganman, tuy oldi qarindoshlarimlarimizni ziyolilari bilan maslahatda agar tuy maboynida harom narsalarni , yano aroq utib ketib qolganini sezib qolsam shu vaqtni uzida kelin bilan tuy xonadan chiqib ketishligimni ogohlantirsam va shunday holat bulib qolsa, shuni amalga oshirsam buladimi, va tuyga qushiqchini ‘‘raqosachisisiz‘‘ kelishini surasam buldimi, eng muhimi solati magrib soat kech 8da kirishini aniqladim, shunga kelin bola bilan solati magribdan keyin tahminan kech 20:15 larda tuyxonaga kirib borsam deyman. Yana biron bir muhim jihatlariga beetibor bulgan bulsam etsangiz, InshAlloh tuyimni aziz mexmoni bulsangiz juda xursand bulardin, tuyim oldi albatta sizga xabar beraman, barchamizni yuqdan bor qilib azizu mukarram qilgan Alloh SVT ga hamdu sanolar bulsin, uzin tashrifi ila dunyoyimizni nurga g‘arq etgan payg‘ambarimiz savga salotu durudlar bulsin. Assalomu aleykum va rahmatullahi va barokotuh.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Barcha mulohazalaringiz to‘g‘ri. Agar erkaklarga alohida osh berib, ayollarga alohida bazm qilsangiz yana ham yaxshi bo‘ladi.

27 Май 2022, 04:39 | Савол-жавоблар | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar