Tashlab ketilgan chaqaloq
Assalomu alaykum Shayh hazratlari.Meni bir muammo qiynamoqda. Yaqinda kasalhonaning chaqaloqlar bo‘limida 45 kunlik chaqalog‘imni olib yotdim ozgina shamollashi borligi tufayli. Shu kasalhonaga chaqaloq tashlab ketilgan ekan {qizaloq tahminan 1 oylik atrofida}. Buni ho‘jayinim eshitib chaqaloqni uyga olib ketamiz demoqda.O‘zimizni 3 farzandimiz bor.Qizaloq anchagina qarovsiz holda. Bu holat bizning qishloq sharoitida juda kam uchraydigan holat. Bunga oila a‘zolarimiz hammasi rozi.Ho‘jayinim kim etimni boshini silasa jannatda Rasululloh SAV bilan birga bo‘ladi demoqda.Bu qizaloqni olib o‘z farzandimizdek tarbiya qilib voyaga etkazdrish niyatida.Bu chaqaloqni kasalhonada men emizdirganman. Shayh janoblari biz maslahatingizga muhtojmiz,sizning maslahatingizga qarab bu masalani hal qilmoqchimiz.Javob uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Juda ham savobli ish bo‘ladi. Siz emizgan bo‘lsangiz, emuzukli qizingiz bo‘libdi. Kelajakda hech qanday muammo bo‘lmaydi. Savodsiz odamlarning gaplariga e’tibor bermanglar. Qarovsiz qolgan bolalarni boqish juda ham savobli ish. Eringizga ming tashakkur. Juda ham yaxshi musulmon ekanlar.
27 Май 2022, 05:04 | Савол-жавоблар | 157 | Bola tarbiyasi