Muammoli xolat
Assalomu alaykum Shayx Xazratlari. Bizga kuyidagi xolat buyicha maslaxatingiz kerak edi. Bizni bir akamiz bor. U kishi bundan 2-3 oy avval yakin tanishi bilan ish yuzasidan janjallashib koladi va xammasi shundan keyin boshlanadi. Akamizni aytishi buyicha usha tanishi uz tanishlarini ishga solib tuxmat kilib akamizni kamatmokchi ekan. Shundan beri xammadan va xatto kuni-kushni yakin karindoshlardan xam shubxa kilmokda. Borgan sari shubxa gumonlar ortib boryapti. Akamiz tush kurishini va tushlarida Allox uni bulajak xavflardan ogox kilishini aytmokda (bunday tushlarni bu ishlar boshlanishidan oldin xam kurgan). Biz bu tushlar Alloxdan emas jin va shaytondan ekanligini (chunki tushlar shubxa-gumon kupayishiga sabab bulyapti) va namoz ukib ibodatda bulinsa bu ishlar xammasi utib ketishligini, xech kim unga tuxmat kilmayotganligini aytdik. Yoshi katta oila a’zolari xam tushuntirishdi lekin foydasi bulmayapti, yana kayta vasvasa kuchayyapti. Shayx Xazratlari biz bu insonga jin tekkan degan shubxadamiz. Bizni gapimiz tugrimi va tugri bulsa bunday insonni kanday tuzatish mumkin. Bir ilmli inson chilyosin kildirishni maslaxat berdi. Javobingiz uchun oldindan tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘ziga tushuntirishda davom etish kerak. Ibodatli va duosi qabul bo‘lishidan umidvor kishilar siz aytgan ishni qilsalar yaxshi.
27 Май 2022, 01:54 | Савол-жавоблар | 169 | Aqiyda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘ziga tushuntirishda davom etish kerak. Ibodatli va duosi qabul bo‘lishidan umidvor kishilar siz aytgan ishni qilsalar yaxshi.
27 Май 2022, 01:54 | Савол-жавоблар | 169 | Aqiyda