Masjidda dunyoviy gaplar
Assalamu aleykum va raxmatullohi va barokotuh.men masjidga borganimda AZON aytilgan bo‘ladi,namozni o‘qiymiz so‘ngra "erta falonchanikida nahor oshi ekan" kabi gaplar boshlanadi.Meni eshitganimga qaraganda masjidda dunyoviy gaplar gapirilishi mumkin emas,ammo IMOMimizning o‘zlari ham ayrim paytlar gapirib qo‘yadilar.Shuni sizdan so‘ramoqchimanki,dunyoviy gaplar azon aytilganidan to namozni o‘qib bo‘lgunicha mumkin emasmi yoki umuman hech vaqt mumkin emasmi?Yana shuni so‘ramoqchimanki shimni patki qismini shimarib qo‘yib namoz o‘qimoq mumkin emas deb eshitganman,yana sajdaga ketayotgan paytda shimlarni ko‘pchilik qo‘l bilan ko‘tarib qo‘yib so‘ngra sajdaga ketadi.Bu namozda ortiqcha amal deb baholanadimi,ya‘ni namozga nuqson etadimi?Javobingiz uchun raxmat!Olloh barchamizdan rozi bo‘lsin..!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Masjidning xonaqasi ichida dunoviy gaplarni gapirish yaxshi emas. Ammo foydali, ko‘pchilikka kerak gaplarni gapirsa bo‘ladi.- Namoz uchun alohida shimni shimarish makruh.- Siz aytgandek qilib shimni ko‘taraverish ham yaxshi emas.
27 Май 2022, 05:10 | Савол-жавоблар | 157 | Boshqa ibodatlar