Katta Shirk

Assalomu alaykum Shayx Hazratlari. Avvalgi savolllarimga javob olganingiz uchun rahmat.Vaqtingizni olayotkanim uchun uzr.Bolaligimdan 1-3- sinfligimda uyimini shundoq yonida rus machiti ochilgan edi va bolalarni turli teatr, sovg‘alar, lagerlar bilan chalg‘itib o‘z dinlariga nasroniy diniga e‘tiqod qilishni o‘rgatishgan edi. To‘g‘risi yosh bo‘lganim uchun sovg‘a va boshqa narsalarga qiziqib borganan. qo‘shnimizni oilasi qari buvilarigacha Iso(a.s) ni Allohni o‘g‘li deb katta shirk qilishgan shu qatorda man ham.Hozir o‘ylasam, judayam afsuslanaman va albatta Alloh men uchun yagona Illoh va Iso(a.s) uning payg‘ambaridir.To ota-onam mani qattiq nazoratga olmagunlaricha man har yakshanbada rus cherkoviga borganman.Savolim shuki, bizga ma‘lum katta shirk kechirilmas gunoh. Mani bu qilgan gunohim -chi?Albatta Alloh o‘zi bandasiga mehribon InshaAlloh bu gunohim astoyidil tavbadan so‘ng kechiriladimi.Savolim noto‘g‘ri yoki qo‘pol bo‘lsa, uzr.Rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Inshaalloh, kechiradi. Siz bilmay qilgansiz. Bilib turib qilganlar ham tavba qilib, nadomat chekib, o‘sha ishni qayta qilmmasalar kechiriladi. Shirkning kechirilmasligi tavba qilmasa degani.

27 Май 2022, 05:10 | Савол-жавоблар | 172 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar