Olayotgan pulim halolmi?

Assalomu alaykum! Men eshik va rom yasash bilan shug‘ullanaman. Bir tanishimnikida eshik va rom qo‘yib berdim. Keyinchalik bilsam u odam piva zavodida mehanik bo‘lib ishlar ekan. Mening olgan pulim halolmi harommi? Agar harom bo‘lsa hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom narsadan topilganligi aniq bo‘lsa olishingiz joiz emas. Ammo uni topadigan daromadining tahminan yarmidan ko‘prog‘i haloldan deb bilinsa, olish mumkin bo‘ladi. Vallohu a’lam!

28 Май 2022, 15:34 | Савол-жавоблар | 172 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar