Hunrezlik ortidagi jarayonlar
Bismillahir rohmanir rohiym. Assalomu alaykum!1. Muhtaram ustoz! Mening ismim Odiljon. O’sh shahridan bo’laman.Men islom dinimiz bo’yicha hayotim davomida nimaiki ilm olgan bo’lsam, bu siz tufayli,ya’ni sizning kitoblaringiz orqali erishdim. Internet tarmog‘idagi savol-javoblarda bu ilm bulog‘i yanada olgan bilimimni to’ldirmoqda.SHuning uchun ham siz menga ustozsiz. ”Iymon” kitobingizdan tortib,yaqinda chop etilgan “Usulul fiqh” asarigacha kitoblaringiz qo’limda mavjud.Alloh taolo bu imkoniyatlardan to’la foydalanishga O’zi nasib etsin! Kitoblardagi ilm bulog‘idan kelajakda farzandlarim va boshqa yaqinlarimni ham bor imkoniyatdan bahramand,olgan ilmiga amal qiladigan qilsin! Alloh menga ato etgan farzandim Muhammadsodiq(sizga havas qilib shu ismni qo’yganman) ni ham haqqiga duo qiling! Kelajakda farzandim sizdek diniy ham dunyoviy bilimlarni yaxshi biladigan inson bo’lishligini Alloh nasib etib,Allohning hidoyatida va Payg‘ambarimiz(S.A.V.)ning sunnatlariga amal qiluvchi solih bandalaridan bo’lib,islomga hayot yo’li baxshida o’g‘lonlardan bo’lsin!2. Ma’lumingizkim, Qirg‘iziston janubida bundan to’rt oy oldin juda mudhish voqealar bo’lib o’tdi.Bu voqealar ortidan bizning millatga juda katta bosimlar bo’ldi,bo’lmoqda.Moddiy va ma’naviy jihatlarini o’z ichiga olgan millatchilik ko’rinishi hatto davlat miqiyosidagi kayfiyatga ko’tarildi.Hukumat amaldorlari va ziyolilari tegaragida bizning millatga bo’lgan qarashlari shovinistik qarashdan bo’shqa narsa emas.Hokimiyat hamon qonuniy tarzda shakillanmagan.Milliy murosani qaror toptiradigan halqaro tekshiruv va politsiya kuchlarini tashkiloti bu hududlarga kirishiga qarshilik mahalliy millatchilar tamonidan bo’lmoqda.Mabodo kirganda ham ulardan yuz bergan fojeali voqealar sababini o’rganishidan bir natija chiqishiga…..? najot yo’lg‘iz Allohdan. Bu dargohlarda o’zbeklar daromad manba’iga aylandi.O’zbekning ko’zga ko’ringan badavlat odamlarini ta’qib ostiga olinib,ulardan pul undirish holatlari aytib bo’lmas darajada ko’p bo’lmoqda.SHuningdek o’zbeklarni ko’pchilik qismi hovfsizligini ta’minlash maqsadida mamlakatni tark etgan.SHaharga chiqqan o’zbek havotirsiz qadam bosa olmayapti.Tub aholisi o’zbek bo’lgan O’shliklar shahar markaziga faqat avtomashinalar orqali borishmoqda,piyoda yurishga botina olish qiyin.Ulardan bizlarga nisbatan hovf katta.Qirg‘iziston janubida anarxiya tuzumi hukm surmoqda.O’zlarini mamlakatda ”Titul” millat vakilliman deb hisoblovchi millatchi qarashdagi unsurlar o’zbeklar ustidan hohlagan salbiy ko’rinishdagi holatlarni solmoqda.Ko’chalar,bekatlarda o’zbekning uchratish qiyin bo’lib qolmoqda.Har kuni bir ko’ngilsiz voqeani uchratasiz.SHulardan birini aytay,hammasini aytsam ,gap ko’p,vaqtimiz hech ham etmaydi.Tunov kungi bir achinarli holat: Bir ayol bolasi bilan poliklinikadan qaytib bekatda mashina kutib turgan ekan, chida ikki-uch qirg‘iz ayoli bo’lgan mashina kelib to’xtab, kunduz kuni ular ayolni bolasi bilan noma’lum tamonga olib borib rosa kaltaklashgan.Atrofda hech kim uni himoyasiga kelmagan.Oradan kunlar o’tib u ayolning jasadi shahar chetidan qosh va sochlari yulingan alfozga topildi.Alloh O’zi asrab,bolasi esa tirik qolibdi.Bu voqea ayollar orasida bo’lgani,erkaklarni orasidagini aytish…(?) Qaysinisini aytamiz!? Men bir narsani o’ylab qoldim,aslida ham shunday o’zi.Alloh taolo bizning bu hududdagi etnik millatimizga shamol,jala,zilzila,suv toshqini balolariga yondosh, ya’ni qiyoslaganda bu “qavmni balosini” bizlarga balo-ofat qilib yubordi. Bizlardan o’tgani : O’sh va Jalolobodlik o’zbeklarni asosiy qismi tijorat bilan shug‘ullanib puliga ishonib manmansirash bo’lgani uchundir,shahardagi katta restoran va oshxonalarni qurib kibrga berilb Yaratganni hidoyat tizimini unutganidandir balki,ko’chalarda fohishabozlik avj olganidir balki,yoki o’limlarimizdagi bidiyatlar qisqarsa ham, to’ylarimiz sendam men qolamanmi qabilida o’tayotgani uchundir. Jadidchilar maktabining asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning: ”O’zbeklarni to’y balosidan qutqaring”degan hikmatli so’zi bizning hududlarda o’z haqiqatini topgan edi.Yana boshqa biz bilmagan ayblarimiz bordirki Yaratgan bu balolarni yuborgandir.Ayblarimoz ko’p.Buning sababi O’ziga ayon.Nima bo’lganda ham bergan sinovlariga sabr qilishimiz eng muhim jihatdir .Agarda biz bu balolarni bizlarga hujum va hunrezlik qilgan “titul millat”dan deb bilib, Allohdan demasak,tavbalarimiz hech qachon qabul bo’lmaydi.Balolar ham davomli bo’lishi mumkin.Qachonki,bizning musulmon o’zbek millati, bu “titul millatdan” o’zbeklarga nisbatan kelgan baloni Allohdan, ayblarimiz uchun deb bilib, “bular” sababchi,vositachi desakkina berilgan sinov, qilayotgan sabrimiz O’zga etib,shundagina qilgan tavblarimiz dargohida qabul bo’ladi, InshaAlloh! Bu ko’rgiliklar ham boshimizda bor ekan.Bizdagi ayanchli ahvolni Yaratgan boshqa halqlarga solmasin.Alloh taolo bizlarni sinovlar ichidagi sabrimizga ajrlar bersin va “zulm” qilayotgan qavmga ham O’zi hidoyat berib, hamda ularga insof bersin! Siz ham ustoz,bizlarga zulm qilayotgan bu “qavm”ni zulmidan panoh so’rab duo qilishingizni so’rab qolamiz! Tashakkur va ehtirom ila, O’sh shahridan Odiljon.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo O‘zi sizlarga sabr, boshqalarga insof bersin. Biz sizlarning musiybatlaringizga sherikmiz. Doimo duodamiz. Alloh farzandingiz Muhammad Sodiqni o‘zingi orzu qilgandan ham afzal bo‘lib etishishini ta’minlasin!
27 Май 2022, 05:11 | Савол-жавоблар | 143 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo O‘zi sizlarga sabr, boshqalarga insof bersin. Biz sizlarning musiybatlaringizga sherikmiz. Doimo duodamiz. Alloh farzandingiz Muhammad Sodiqni o‘zingi orzu qilgandan ham afzal bo‘lib etishishini ta’minlasin!
27 Май 2022, 05:11 | Савол-жавоблар | 143 | Turli savollar