Buyuk imom Buxoriy musulmonmidi,yoki o‘zbek?

Bismillahir rohmanir rohiym. Assalomu alaykum! Muhtaram hazrat! Qirg‘iziston janubida bo’lib o’tgan hunrezlikdan habaringiz bor.Bu haqda oldin ham savol va murojaatlarimda aytib o’tgan e’dim.O’zini mamlakatda “titul”(millat)qavmidanman deb atovchi halq vakillarini, o’zbeklarga tayziq jarayonlari hanuz davom e’tmoqda.”Bu ziddiyatlarni boshlovchilari o’zbeklar”, ”O’shdagi mullalar masjidlardan tartibsizliklarga chaqirgan” shunga ohshash tuhmatlarni bizlarga yog‘dirib,islom olamiga taniqli ulamolarimizni ham masjidlarida tintuv otkazildi.SHayx Sodiqjon hojini nodir kitoblarga boy,Qur’oni karimni juda ko’p nushalari saqlanuvchi kutubhonasini kuydirib kulini ko’kka sovurdilar.Zulmni qaysi turi bo’lsa hammasini qo’llashdi. SHaharga chiqqan o’zbekka hech bo’lmaganda yovqarash,mashina haydagan haydovchilarga chorraha va yo’llarda har hil nohush holatlar ham bo’lib turibdi.Bizlar bularni Allohga qo’ydik,Yaratgan O’zi kifoya. Biroq sizga aytmoqchi bo’lganim,shahardagi o’zbeklarga megishli hususiy mulklarni va uning nomlarini o’zgarishi sizga aytmoqchi bo’lgan hunuk ishni oldida hech narsa e’mas. O’shning eski shahar qismida, ya’ni hozirgi qoq markazida, Buyuk muhaddis olim,hadis ilmini sultoni Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy hazratlari sharafiga qo’yilgan juda qadimgi katta jome’ masjidning nomi “Olay”masjidi deb o’zgartirildi.Masjidda ko’p yillardan buyon imom-hatiblik qilib kelayotgan insonni ham bosim ostida bo’shatdilar.O’rniga o’zlariga “munosib” qavmidagi(e’tnik millatidagi) bir kishini qo’yibdilar.Markazdagi katta masjiddan imom Buxoriy nomini olib tashlanishida qandaydir milliy mafkura va g‘oya nazarda tutilgan va aniq ko’zga tashlanmoqda.Eng qizig‘i, bular Imom Buxoriyni o’zbek deb bilishmoqda chog‘imda.Buxoriy hazratlari bir e’tnik halq uchun hizmat qilmagan balki,butun islom dunyosini,musulmon olamini muhaddis olimi sifatida e’tirof e’tiladi.Lekin bular, buyuk imomni o’zbek degan iddaoda .Aks holda bu holat kuzatilmas e’di.Tarixni olib qaraganda biror bir olim yoki tadqiqotchi u kishini e’tnik kelib chiqishiga qiziqmagan, balki bu muhtaram inson turkiylardandir yoki forsiylardan yoki arab,unisini ahamiyati yo’q. Faqat qoldirib ketgan diniy-madaniy me’ros qiziqtirgan.Ahir muftiyotdagi kishilar islomda millatchilik yo’qligini bilishadiku.Bularda ham millatchilik kayfiyati borga o’hshaydi.Bo’lmasa oldini olar e’di. Muhtaram shayx hazratlari,bilasizmi,biz o’zbeklarni bu hududlarda huquqiy me’yyorlarimiz chegaralangan va qolmagan.Ya’ni bizlarni hukumatga biror narsani aytib yoki ko’tarib chiqish inkoniyatiniz umuman yo’q.SHuning uchun,siz bu haqda halqaro islomiy tashkilot va anjumanlarda men yuqorida keltirgan salbiy holatni aytib va ular bilan bamaslahat birgalikga bu mamlakat rahbariyati yoki muftiyotiga millatchilik ko’rinishidagi bu kabi holatlardan halos bo’lishga chaqirishinglarni iltimos qilaman! Tashakkur va e’htirom ila, O‘shdan Odiljon.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizga rahmat, Odiljon! Alloh xayringizni bersin! U zotning O‘zi ko‘ngilsizliklar va musiybatlarni boshimizdan ko‘tarsin! Boshqalarga ham insof bersin!

27 Май 2022, 05:14 | Савол-жавоблар | 179 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar