Iymon va Amal
xurmatli Xazrat!Yakinda bir kitob ukib kuyidagi jumlani ukib koldim:-Iymon amal emas,amal iymon emas.Biz bilamizki Paygambarimiz s.a.w dan vorid bulgan xadisga muvofik Amallar niyatga boglikdir Bundan kelib chikib biz goxida beixtier eshitib turadigan kuyidagi suzlar bor:iymoni zieda buldi,eki iymoni zaif buldi.Albatta bu narsalar insonning kilgan ibodati,savobli eki gunox ishlariga(ya’ni amallariga)boglik bulishi kerak deb uylayman.Bundan kelib chikib iymonni amaldan ajratish tugrimikan
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu gap iymonning ta’rifiga oiddir. Niyatga bog‘liklik joyi yo‘q. Buni quyidagi maqolani o‘qib tushunib olsa bo‘ladi. IYMONNING TA’RIFIBu masalada «Sharhi «Aqidatut Tohoviya» kitobida quyidagilar aytiladi:«Iymon – til bilan iqror bo‘lish va qalb ila tasdiq qilishdir». Sharh: Bu, iymonni izhor qilish e’tiboridan tasdiqlashdir. Chunki tasdiqlash ichki ish bo‘lib, u berkilgan bo‘ladi. U faqat iqror yoki tasdiqqa dalolat qiluvchi ishlar bilangina bilinadi. Ammo, mavjudlik va haqiqatga aylanish jihatidan esa, iymon-dil bilan tasdiq qilishdir. Til bilan iqror bo‘lish, uning alomati va izhoridir. Iymonning tasdig‘i haqida turlicha fikrlar bor: 1. Molik, Shofe’iy, Ahmad, Avzo’iy, Ishoq ibn Rohavayh, boshqa ahli hadislar, Madiyna ahli, ahli zohir va mutakallimlardan bir jamoasi: «Iymon qalb ila tasdiq qilish, til bilan iqror bo‘lish va a’zolar bilan amal qilishdir», deganlar. 2. Bizning ashoblarimizdan ko‘plari Tohoviy rahmatullohi alayhi zikr qilgan narsaga: «Iymon–til bilan iqror qilish va qalb bilan tasdiq qilishdir», degan fikrga ittifoq qilganlar. 3. Abu Mansur al-Moturidiy va Abu Hanifa rahmatullohi alayhimolar: «Til bilan iqror qilish ortiqcha rukndir, asliy emas. Asliy rukn–qalb bilan tasdiq qilishdir. Iqror esa, unga alomat yoki uzrli bo‘lganlar uchun shartdir»,–deydilar. Abu Hanifa rahmatullohi alayhi bilan bosh-qa Ahli sunna imomlari orasidagi ixtilof suvratda, xolos. Ularning Gunohi kabira iymondan chiqarmaydi, balki, uni qilgan odam Allohning xohishiga havola qilinadi, Alloh xohlasa, azoblaydi, xohlasa, afv qiladi», degan fikrda ittifoq qilib turib, qalbdagi iymon uchun a’zolarining amali lozimmi yoki iymondan bir juzmi, degan gapni aytishlari lafziy nizodan boshqa narsa emas. Bu erda aqiydaga tegadigan narsa yo‘q. Agar bu masalada Ahli sunna orasidagi nizo faqat lafziy nizo bo‘lsa, ularning bir toifasi ikkinchisiga dushmanlik qilishlariga va shu boisdan tafriqaga tushishlariga hech hojat yo‘q. Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhi dalillar keltirib, iymon haqiqatiga lug‘aviy jihatdan nazar qilganlar. Boshqa imom rahmatullohi alayhimlar esa, iymon haqiqatiga shar’iy ta’rif jihatidan nazar qilganlar. Chunki, shariatda tasdiqqa namoz, ro‘za, haj va shunga o‘xshash narsalardagi kabi vasf va shartlar qo‘shilgan.
27 Май 2022, 05:38 | Савол-жавоблар | 151 | Aqiyda