meni kiynagan savol
Assalomu Aleykum Xurmatli Shayx Xazratlari ALLOX TAOLO Sizni kilaetgan xizmatlaringizi UZI mukofotlasin ! umringiz va martabangizni bundanda zieda kilsin ! Xurmatli Ustoz meni bir xolat ozgina kiynab kuydi . Ustoz xidoyatga kaytganimga xali uncha kup vakt bulmadi. men 10-yil mobaynida Rossiya federatsiyasida kafeda (ofitsiant ,barmen bulib) ishladim. ALLOXGA bexissob shukrlar bulsin yakin utmishda kilaetgan ishim islomda lanatlanganligini eshitib zalolatdan xidoyatga utishni niyat kilib xozirda besh vakt namozni iloji boricha uz vaktida ado etishga xarakat kilyapman. kafedan ishdan chikib ketdim. xozirda taksislik kilyapman , va evroremont ishlari bilan shugullanish maksadida vatanimizdan uchta birodarlarimi chakirgan edim. xozirda ular 1-oydan beri uyda ishsiz kolishdi. bu erda ishlash u-n zarur bulgan xujjatlarnixam yarmisini tuplay oldim xalos. taksida ish unchalik yaxshi bulmaganligi bois u xujjatlarga ruzgorimizdan pul ortirib bulmayapti. bir-ikki uzbek akaxonlarimizga karz olish maksadida murojaat kilgan edim erdam berishmadi. yana undan tashkari u taksiga minaetgan moshinani bir rus dustimdan bir yil muddatda uzvorish sharti b-n olgan edim. uni ustiga ming lanat bulsinkim u kafedan xozirda ishga taklif kilishyapti shuning u-n nima kilishga juda xayron bup koldim. bazi birodarlar biz musofirchilikdamiz-ya’ni gayridin mamlakatdamiz u kafeda ishlasang xeshtima kilmaydi deyishyapti. Ustoz mening savolim kuyidagicha shu moliyaviy kiyinchilikdan chikish u-n shu kafeda ishlab maosh oladigan bulsam buni xukmi kanday buladi ? Iltimos Ustoz sizning javobingiz mening u-n juda muxim , chunki mening xidoyatga yurishimga sabab bulgan insonlardan birlari Sizsiz iltimos menga buni xukmini bilishda erdam bersangiz . Oldindan sizga raxmat. ALLOX TAOLO UZI Sizni mukofatlasin !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Harom ichimliklar sotiladigan kefeda musulmon odam ishlashi mumkin emas. Siz Allohdan astoydil so‘rab halol ishda davomli bo‘ling. Ishlarni puxta tashkil qiling. Avval hujjatlarni tayyorlab olib, keyin usta chaqirganingizda, yaxshi bo‘lar edi. Alloh O‘zi yordamchi bo‘lsin!
27 Май 2022, 05:38 | Савол-жавоблар | 142 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Harom ichimliklar sotiladigan kefeda musulmon odam ishlashi mumkin emas. Siz Allohdan astoydil so‘rab halol ishda davomli bo‘ling. Ishlarni puxta tashkil qiling. Avval hujjatlarni tayyorlab olib, keyin usta chaqirganingizda, yaxshi bo‘lar edi. Alloh O‘zi yordamchi bo‘lsin!
27 Май 2022, 05:38 | Савол-жавоблар | 142 | Turli savollar