Layk bosish
Assalomu alaykum! Yaqinda bir tanishim instagram ijtimoi tarmog‘ida kalta kiym kiygan avratlari ochiq qizning rasimiga layk bosganini ko‘rdm va unga nega bunday narsaga layk bosayabsan dedim u bu qiz mening tanishm shu uchun layk bosdim dedi va men bunday rasm videolarga layk bossang bu rasm videolarni ko‘proq odam ko‘rishiga Sababchi bo‘lasan instagram shunday rasm videolarda Qancha ko‘p layk izohlar bo‘lsa instagram uni ko‘proq odamga ko‘rsatadi shunday narsalarga Layk bosish gunoxmi? bosgan laykini qaytarb olishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Munkar ishga “layk” bosishi o‘sha ishga rozi ekanini anglatadi. Bu ishi uchun oxiratda albatta javob beradi. Dunyoda qilgan har bir amalimizdan so‘ralamiz. Alloh taolo "Zalzala" surasida marhamat qiladi: فَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُوَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُ 7. Bas, kim zarra vaznicha yaxshilik qilsa ham ko‘radir.
8. Va kim zarra vaznicha yomonlik qilsa ham ko‘radir.
Yaxshilikning ham, yomonlikning ham katta-kichigi bo‘lmaydi. Hammasining hisob-kitobi bo‘ladi, qiyomatda javob berish kerak.
Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qiladilar: So’so’a ibn Muoviya ismli odam Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelganda, ul hazratlari unga «Faman ya’mal misqola zarrotin xoyron yaroh, va man ya’mal misqola zarrotin sharran yaroh»ni o‘qib berganlarida, u: «Bundan boshqa narsani eshitmasam ham, menga shuning o‘zi etarli», – degan ekan.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Bir xurmoning yarmi yoki bir og‘iz shirin so‘z bilan bo‘lsa ham, o‘zlaringizni do‘zaxdan saqlanglar», – deganlar. Ya’ni bu yaxshilikning kichigi bo‘lmaydi, deganlaridir.
Boshqa bir hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘zga ilinmaydigan gunohlardan saqlaninglar, chunki ular to‘planib, kishini halok qiladi», – deganlar.
Har doim, ko‘zga ko‘rinmas zarra miqdorida bo‘lsa ham yaxshilikni qilib, shuningdek, ko‘zga ko‘rinmas zarra miqdorida bo‘lsa ham yomonlikdan qochish kerak. Vallohu a’lam!
3 Июл 2022, 17:07 | Савол-жавоблар | 176 | Mediya