ona va qiz
Assalomu alaykum Xazirat .Dugonam nomidan bitta narsa so‘ramoqchiman ona siz namoz o‘qishiga qarshilik qilayotgan ekan la u qanday yo‘l tutishi kerak bir kuni u onasidan 100000 ming so‘m so‘ragan ekan onasi namozni tashlasang beraman degan ekanla dugonam yig‘lab oldimga keldi men afsusdaman shunaqa bo‘lganiga ona nimaga meni yushunmidi nima qili ayt men noto‘g‘ri yo‘lda emasman ku onam qaydagi bo‘lmag‘ur yo‘llarda yurisan xali vaqtida o‘qisan qariganingda deb xoli joniga qo‘ymayapdi ekanlar iltimos shu masalani xal qilishda yordam bersangiz. Alloxni o‘zi saizni yaxshiliklaringizni mukofotlasinlar oldindan javobingiz uchun kotta raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh dugonangizning onasiga insof va tavfiq bersin, u kishini hidoyatga boshlasin. Dugonagizga esa, eng yaxshi tabriklarimiz. Alloh u kishining Islomini go‘zal qilsin. Mazkur dugonangiz, ibodat qilgani uchun alohida, onasining zulmiga sabr qilgani uchun alohida savob oladi. U kishi onasiga haqiqatni anglatishga harakat qilsin. Katta kishilardan yordam so‘rasin. Qarindosh va tanishlardan katta kishilar “ona”ga nasiyhat qilsinlar. Dugonagiz ibodatda yanada mustahkam bo‘lsinlar. Bu tajribadan o‘tgan narsa. Ota-onalar tushunchalari qatib qolgani uchun diynga salbiy munosabatda bo‘lishadi va bolalarini namozdan qaytarishadi.
27 Май 2022, 05:38 | Савол-жавоблар | 150 | Aqiyda