Sharqdan g‘arbga ko‘chyaptimi?

Bismillahir Rohmanir Rohim. Assalamu a‘lykum. Hazrat,mana hozirgi kunda ko‘pchilikka malumki Ovropada Islomga qiziqish ortib bormoqda. Va shu bilan birga Islomni shu kungacha elkalarida ko‘targan yurt va halqlar esa Islomga zid bo‘lgan ishlarni ommaviy qilmoqdalar, va bu o‘ta achinarlidir. Ovropa Islomga qizqayotganda musulmonlarni bu ahvollari undan achinarli. Rassiyada musulmonlar kuniga ko‘paymoqda, Ovropada ham bundan kam emas inshaalloh, G‘arbda odamlar Islomga chanqoq va shunga yarasha intilmoqdalar. Buni bilganda quvonamiz, lekin Islomiy Davlatlardagi Islomiy tashkilot, muassasa va idoralar negadir harakatlari bilinmayotganday bo‘ladi. Yoki harakat bo‘lsa ham biz bilmaypmizmi. Hazrat sizdan iltimos Islomiy Davlatlardagi tashkilotlar haqida va ularning ishlari, yangiliklari, omma uchun harakatlari haqida so‘zlab bersangiz. Oldindan tashakkur!Kim hohlasa fikrini aytsin, yangiliklar bo‘lsa yozsin toki yngiliklardan hursand bo‘laylik.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Islom mamlakatlaridagi tashkilotlar va shaxslar dinimiz yo‘lida juda ko‘p ishlarni qilmoqdalar. Hozir barcha musulmon o‘lkalarda odamlar dinimizni o‘rganish va unga amal qilish borasida yaxshi ishlar bo‘lmoqda. Hamma erda yaxshi o‘zgarishlar ko‘p. Ushbu bizning portalimizning saytlariga nazar solsangiz ham buning guvohi bo‘lasiz. Faqat siz bilan biz bunday yaxshiliklar tez va ko‘proq bo‘lishini qattiq istaganimizdan borlari oz ko‘rinadi, xolos.

27 Май 2022, 05:40 | Савол-жавоблар | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar