Tanaga igna bilan rasm chizdirish
Assalomu aleykum va rohmatullohi va barokatuh, shayx hazratlari!Bir odam tanasiga rasm chizdirmoqchi, men uni bu yo‘ldan qaytarishga urinishim besamar bo‘layapti. Agar Qur‘ondan dalil keltirsang, bu ishni qilmayman, dedi. Bu haqida Qur‘oni Kariymda oyat bormi? Bu haqida shariyatning hukmi qanday? Maslahat bering. Alloh ilmingizni bundanda ziyoda, umringizni uzoq qilsin.Assalomu aleykum va rohmatullohi va barokatuh!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Alloh ulama qiluvchi ayolni ham, ulama qildiruvchi ayolni ham va vashm qiluvchi ayolni ham, vashm qildiruvchi ayolni ham la’natlasin», dedilar».«Ulama qiluvchi ayol» ayollarga ulama soch qilib, ulab qo‘yadigan ayol.«Ulama qildiruvchi ayol» o‘zidagi bor tabiiy sochga qanoat qilmay yasama soch ulatib olishga intilgan ayol.Ushbu hadisi sharifni Payambar sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan aytilishiga o‘sha paytda bo‘lib o‘tgan bir hodisa sabab bo‘lgan ekan. Bir ayol Payambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:«Ey Allohning Rasuli, mening kelin bo‘layotgan qizim bor. Qizamiqdan keyin sochi titilib ketgan, ulama qilsam bo‘ladimi?» deb so‘ragan. Ana o‘shanda Payambar sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisi sharifni aytganlar.O‘sha paytda johiliyat ayollari har doim-dagidek o‘zlariga soxta jamol orttirish uchun turli hiyla-nayranglarni ishlatar edilar. Sochlarini o‘ta chiroyli qilib ko‘rsatib, ko‘pchilikning e’tiborini tortish uchun ulama sochlar qilishar edi. Bu ishni ba’zi ayollar o‘zlariga kasb qilib olgan edilar. Ayollarning sochlariga ulama qilib daromad topar edilar. Sochiga ulama qildirmoqchi bo‘lgan ayollar ularning oldiga kelib, maqsadlarini aytsalar, ular soch ulash ishini amalga oshirar edi. Shundoq qilib soxta go‘zallikka erishilar edi. Bu ishni qilgan ayol o‘zini ham, o‘zgani ham aldar edi. Ayniqsa ushbu hadisi sharifning aytilishiga sabab bo‘lgan hodisadagiga o‘xshab, kelin taraf kuyov tarafni aldashi ko‘proq bo‘lgan bo‘lsa ajab emas.Shuningdek, «vashm»–yasama xol ko‘yish ham avj olgan edi. Ayollar soxta chiroy ishtiyoqida o‘zlarining so badanlarini igna ila teshtirib qon chiqarib jarohat o‘rniga surma yoki shunga o‘xshash birorta modda sepib, yasama xol yoki turli belgilar qilishar edi. Avvalgi ishdagidek buni ham amalga oshiradigan usta ayollar bor edi. Kim soxta xol qo‘ydirmoqchi bo‘lsa, o‘shalarga murojaat qilardi.Ushbu hadisi sharif ila Islom bundoq noma’qul ishlarni harom qildi.Darhaqiqat, tanaga turli rasmlar chizdirish ham ushbu hadisdagi man’ qilingan narsalardan boshqa narsa emas.
27 Май 2022, 05:43 | Савол-жавоблар | 142 | Halol va harom